19:34 / 19.10.2018
5 921

Hayotingizni yaxshi tomonga oʻzgartiruvchi 5 odat

Hayotingizni yaxshi tomonga oʻzgartiruvchi 5 odat
1. Har kuni kitob oʻqishga odatlaning. Xotirangiz mustahkamlanadi, dunyoqarashingiz kengayadi, oʻzingizga, turmush tarzingizga boʻlgan munosabatingiz ijobiy tomonga oʻzgaradi. “Vaqt qayda?” deb bahona qilmang. Ovqatingiz pishguncha, yoʻl transportida manziligingizga yetguncha yoki uxlashdan oldin 10–15 sahifadan oʻqishni boshlasangiz, mutolaaga muhabbatingiz tushadi-qoladi.

2. Yongʻoq yeng. Ishda, uyda, yoʻlda qorningiz ochdimi? Yoki zerikyapsizmi? Bir hovuch istalgan yongʻoqdan yeb oling. Sochlar, tirnoqlar mustahkamlanadi, yurak-qon tomiri faoliyati bilan bogʻliq muammolar kelib chiqishining oldi olinadi. Xullas, koni foyda!

3. Issiq va sovuq — kontrast dush qabul qilishga odatlaning. Har kuni! Qon tomirlari, asab tolalaringiz sizdan minnatdor boʻladi. Oyoqlarda vena tomirlari kengayishi ham cheklab oʻtadi.

4. Taom+bitta olma! Ovqtalangach har doim ham tishlarimizni tozalashga imkonimiz boʻlmaydi. Ish, kundalik tashvishlar degandek. Lekin bittagina olma yeb olishni uddalasak kerak. Shunda tishlaringiz nafaqat tozalanadi, milklarda qon aylanishi yaxshilanadi, ogʻiz hidlanishi, muhimi, parodontoz (milk yalligʻlanishi) sizni tashvilantirmaydi

5. Uyingizda doim quritilgan moychechak boʻlsin. Moychechak damlamasi ichish bilan shamollash, turli bakteriyalardan himoyalanasiz, oyoqlaringizni vanna qilib, charchoqdan xalos boʻlaasiz. Moychechakli muz boʻlakchalari bilan yuzni massaj qilish esa ularni taranglashtirib, mimik ajinlarga qarshi kurashadi.

Manba: Darakchi.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Hayotingizni yaxshi tomonga oʻzgartiruvchi 5 odat