21:11 / 18.10.2018
4 793

"Mana shu emasmi chin muhabbat deganlari?!"

"Mana shu emasmi chin muhabbat deganlari?!"
Men seni topdim va bundan juda baxtiyorman. Butun vujudim sening ismingni aytib jar solayotganday go‘yo. Muhabbat deb atalmish ulkan his ikkimizni chulg‘ab oldi.

Qara, har tarafni gullar o‘rab olganday, osmondagi bulutlar ustida ishq farishtalari qiqir-qiqir xandon otayotganday. Nazarimda alg‘ov-dalg‘ov so‘zlarim sababi muhabbatdan bo‘lsa kerak. Sevging, mehring bilan meni baxtdan sarmast etyapsan, quvonchga to‘ldiryapsan. Mana shu emasmi chin muhabbat deganlari?! Ilk uchrashuvimiz yodingdami?

Menimcha, hamma oshiqlarning ham ilk uchrashuvi yodida umrbod muhrlanib qolsa kerak. Xuddi men kabi. O‘shanda mendan uyalib yuzimga ham qaray olmagansan. Men esa, men esa ana shu uyatchanligingdan ham go‘zallikni topganman, yuragim hapqirib ketgan. Endi esa o‘sha hapqiriqlardan o‘rtanib, har kunimiz shodon o‘tmoqda. Dillar bir-biriga bog‘langan, har kunimiz huzurga to‘lmoqda. Yagona istagim, bu faraxbaxsh kunlarimiz hech tugamasin!..
MANSUR

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » "Mana shu emasmi chin muhabbat deganlari?!"