06:00 / 19.10.2018
6 013

Rasmlarning qaysi biridan koʻproq qoʻrqasiz? Tanlovingiz 3 soniyadan oshmasligi kerak

Rasmlarning qaysi biridan koʻproq qoʻrqasiz? Tanlovingiz 3 soniyadan oshmasligi kerak
Javoblar

A. Siz oʻzingizdan qoʻrqasiz! Kelajagingizdan, qarorlaringiz toʻgʻriligidan, atrofingizni oʻrab olgan har qanday asabiylashtiradigan mayda-chuydalardan qoʻrqasiz. Bular asabiylashishingizga arzimaydi! Har bir inson oʻz kelajagi uchun oʻylanadi qaygʻuradi, siz buni tushinishingiz kerak. Axir kelajakda bizni nimalar kutishini hech qaysimiz bilmaymizku. Va bu har kun qoʻrquv bilan uygʻonishingiz uchun asos boʻla olmaydi! Chuqur nafas oling, xotirjam boʻling va hozirgi ondan zavqlaning.

B. Atrofdagilar siz haqingizda nima deb oʻylashidan qoʻrqasiz. Siz doimiy ravishta atrofdagilar fikri, nima deb oʻylashi haqida xavotirlanasiz, ayniqsa negativ (salbiy) quvvat sizga qarata ochilgan boʻlsa oʻzingizni qoʻyarga joy topa olmaysiz. Hamma sizni doim omadli va baxtli koʻrishini xohlaysiz. Tanqidni ogʻir qabul qilasiz. Hech qachon oʻz “MEN”ingizni, boshqalarni rozi qilish uchun yoʻqotmang. Oʻz xohishlaringizni birinchi oʻringa qoʻying.

V. Aslida siz hech narsadan qoʻrqmaysiz! Siz oʻz qoʻrquv va xavotirlaringizni himoyalash uchun oʻzingizga va shaxsiy hayotingizga ishonasiz. Shunday boʻlsa-da, bu rasmni tanlaganingizda ong osti qoʻrquvingizni namoyon qildingiz, yaʼni hayotingiz bilan bogʻliq oʻzgarishlardan qoʻrqishingizdan guvohlik berdingiz. Xavotir olmang, hammasi oʻz qoʻlingizda!

G. Bu variant kelajagingizdan qoʻrqishingizni bildiradi. Rejalaringiz boshqacha tus olib, xohish va istaklaringizga erisha olmasligingizdan qoʻrqasiz. Bu tashvishlar xavotirga tushishingizga arzimaydi, axir faqat shu sizni hozirgi hayotingizdan zavqlanib yashashingizga xalaqit berayapti. Boshqa tashvishlar yoʻqligiga shukr qiling. Faqat hozirgi kun bilan yashash sizga baxtli kelajakni taminlaydi!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Rasmlarning qaysi biridan koʻproq qoʻrqasiz? Tanlovingiz 3 soniyadan oshmasligi kerak