12:05 / 25.10.2018
4 277

To‘satdan yuz beradigan insultning oldini olish usuli aytildi

To‘satdan yuz beradigan insultning oldini olish usuli aytildi
Xalqaro olimlar jamoasining ko‘rsatishicha, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bilan og‘rishga irsiy jihatdan moyil bo‘lgan insonlar chekishni tashlash va sog‘lom tana massasini saqlash orqali insult yuz berishi ehtimolini kamaytirishlari mumkin. Bu haqda EurekAlert!’dagi matbuot uchun xabarnomada aytiladi.

Mutaxassislar UK Biobank uzoq muddatli tadqiqotida ishtirok etgan, 40-73 yoshli 306 473 bemorni yetti yil davomida kuzatib borishdan olingan ma’lumotlarni tahlil qilishdi. Barcha ko‘ngillilarning tibbiy tarixida insult yoki yurak xuruji holati qayd etilmagan. Sog‘lom turmush tarziga rioya qilish darajasi iste’mol qilinuvchi mevalar, sabzavotlar va baliq, muntazam jismoniy mashqlar hamda chekishdan saqlanish bo‘yicha baholandi.

Ma’lum bo‘lishicha, insultga irsiy jihatdan moyillik, hayot tarziga qaramasdan, miyaga qon quyilishi ehtimolini 35 foizga oshiradi. Shu bilan birga, chekish, nosog‘lom parhez va jismoniy faollikning yetarli emasligi kabi omillar yana 66 foizga qo‘shimcha xavf tug‘diradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » To‘satdan yuz beradigan insultning oldini olish usuli aytildi