Organizmda D vitaminining miqdori yurak va tomirlar sog‘lom bo‘lishi va uzoq vaqt zo‘riqishlarga chidamli bo‘lish imkoniyatiga ta’sir qiluvchi eng kuchli omillardan biri ekanligi aniqlandi. Bunday xulosaga EJPC nashrida maqola chop etgan kardiologlar kelishgan.
“Tadqiqotimizning ko‘rsatishicha, organizmda D vitaminining katta miqdorda bo‘lishi yuqoriroq chidamlilik bilan bog‘langan. Bundan tashqari, u suyak va yurakka ijobiy ta’sir ko‘rsatishini hamma yaxshi biladi. Shu sababli oziqaviy qo‘shimchalar qo‘llab yoki shunchaki quyoshda yurib, uning miqdorini ushlab turish kerak”, deb aytgan Virjiniya universitetidan Amr Maravan.
Baliq yog‘i va D vitamini olimlar avval bilmagan ko‘plab foydali xususiyatlarga ega. Misol uchun, olimlar D vitamini infarktdan o‘lish ehtimolini kamaytirishi, sklerozning rivojlanishini sekinlashtirishini aniqlashgan.
Amerikalik molekulyar biologlar D vitamini organizm hujayralarini qarish va uning oqibatlari, jumladan saraton rivojlanishidan himoyalashda muhim rol o‘ynashini aniqlashgan. Ular katta miqdorda ushbu vitamin bilan boqilgan chuvalchanglarni kuzatib shunday xulosaga kelishgan. Bundan tashqari, baliq yog‘i qand kasalligi va bir qator boshqa kasalliklarning rivojlanishidan himoya qiladi.
Olimlar D vitaminining yana bir ijobiy xususiyatini ochishgan. Aniqlanishicha, organizmda ushbu vitamindan qanchalik ko‘p bo‘lsa, yuklamalarni ko‘tarish qobiliyati shunchalik yaxshi bo‘ladi.
Biroq olimlarning ta’kidlashicha, yuqoridagi xulosalar baliq yog‘i va D vitamin bo‘lgan qo‘shimchalarni istalgan miqdorda iste’mol qilish mumkinligini anglatmaydi – ular organizmda me’yordan ko‘payib ketganda iste’mol qilinishidan olinadigan barcha “plyus”larni yo‘qqa chiqaruvchi jiddiy buzilishlar rivojlanishi mumkin. Kardiologlar yaqin istiqbolda D vitaminining chidamlilikni maksimal yaxshilovchi va shu bilan birga salbiy asoratlarga olib kelmaydigan optimal dozasini aniqlashmoqchi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi