19:09 / 03.11.2018
4 675

Uxlash oldidan chiroqlarni o‘chiring!

Uxlash oldidan chiroqlarni o‘chiring!
Buyuk Britaniyaning “Current Biology” nomli ilmiy-ommabop jurnalida uxlash paytida chiroqning yonib turishining inson tanasiga salbiy ta’sirlari haqida maqola e’lon qilindi.

Gollandiyalik olimlar sichqonlar ustida tadqiqot olib borib, tundagi chiroqlarning ularga ta’sirini o‘rganishdi.

Tadqiqot natijasida uxlash paytida chiroq yonib turishining ko‘plab kasalliklarga bog‘liqligi aniqlandi. Shuningdek, olimlar kunduzi yorug‘lik ko‘rmaslik, qorong‘u xonadan chiqmaslik ham sog‘liq uchun zarar ekanini ta’kidlashmoqda.

Xuftonni o‘qiboq yotish va ertalab erta turish jismning tunda yorug‘likka, chiroqqa ko‘p ro‘para bo‘lishidan saqlaydi. Zero, inson uyqudan turgandan keyin kechga qadar yetarlicha yorug‘likka to‘yinadi.

Soha mutaxassislarining aytishicha, uxlash asnosida xonadagi chiroqning yoniq turishi saraton, immunitet pasayishi, erta qarish kabi bir qancha kasalliklarga sabab bo‘lar ekan.

Ilmiy tadqiqot xulosasida uxlash oldidan chiroqlarni o‘chirish zaruriy ish ekani, buning foydasi inson tanasi, salomatligi va baxtiyorligida aks etishi ham qayd etildi.

Bu haqiqat mana bir necha yil oldin ma’lum bo‘ldi. O‘tgan asr boshida odamlar “Uxlayotganda chiroqning yoniq turishi miyaga salbiy ta’sir qilmaydi” deb o‘ylashardi. Lekin keyingi tadqiqotlar buning noto‘g‘riligini, tungi chiroqlar uxlayotgan inson miyasiga, ko‘ziga salbiy ta’sir etishini aniqladi.

Endi mana bu hadisga e’tibor qarataylik!
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Agar uxlasangiz, chiroqlarni o‘chiringlar!” dedilar. Abu Dovud rivoyati.

Bu muborak hadisda uxlamoqchi bo‘lgan odam xonadagi chiroqlarni o‘chirib, keyin uyquga yotishi kerakligi ta’kidlanmoqda. Sevikli Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mazkur hadisda biz ummatlarini uxlash oldidan chiroqlarni o‘chirishga buyurmoqdalar. Bu esa chiroqning o‘chirilmay qolishi uxlayotgan insonning miyasiga, ko‘ziga, terisiga va boshqa jihatlariga salbiy ta’sir etishini anglatadi.

Endi savol tug‘iladi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam 20-asr oxirlarida aniqlangan bu ilmiy haqiqatni bundan 14 asr oldin qayerdan bilib aytdilar ekan?”

Hech shak-shubha yo‘qki, bu haqiqatni u zot alayhissalomga Alloh taoloning o‘zi bildirgandir! Ushbu hadisning o‘ziyoq u zoti bobarakot Alloh taoloning haq Payg‘ambari ekanliklariga guvohlik beradi!
Nozimjon Iminjonov

Manba: Muslim.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Uxlash oldidan chiroqlarni o‘chiring!