11:53 / 04.11.2018
3 509

Istasa, har yo‘l bilan...

Istasa, har yo‘l bilan...
Mavlaviy Hindistoniy hikoya qiladi: “Xattotlik bilan shug‘ullanib turardim. Ustozimga “Sahihi Buxoriy”ni ko‘chirayotsam, xonadondagilar bugun yeyish uchun hech narsa qolmaganini aytishdi. Mening qo‘limda ham hech nima yo‘q. Alloh bir yo‘lga boshlaydi, deb ishimda davom etdim.

Bir mahal kovakdan kichkina sichqon chiqib, kitobimning ustida u yoqdan-bu yoqqa o‘taverdi. Ko‘nglimni hadeb parishon qilavergach, sichqonchaning ustiga kosa to‘nkarib qo‘ydim.

Bir payt bolasini qidirib ona sichqon chiqdi. Kosa atrofini iskay boshladi. Kosa ostidan sichqonchaning ovozi eshitildi, go‘yo ona-bola tillashishdi. Ona sichqon kovakka kirib ketdi. Keyin bir misqollik oltinni tishlab chiqdi-da, kosaning oldiga qo‘ydi. Bir muddat turdi-da, yana kovakka kirib ketdi. Keyin ikkinchi oltinni olib chiqdi. Men qarab turibman, sichqon tashigan oltinlar o‘n to‘rttaga yetdi.

So‘ng “endi oltin tamom bo‘ldi, mana hamyoni”, deganday charm kartmonni sudrab chiqdi. Bisotida hech nima qolmaganini bildim. Kosani ko‘tardim, ona-bola sichqonlar iniga kirib ketdi. Alloh rizqimni ular orqali yetkazgan edi...”

Manba: Irfon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Istasa, har yo‘l bilan...