15:27 / 04.11.2018
4 533

Kulgi haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar

Kulgi haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar
Shifokorlarning aniqlashicha, kulgi – ko‘pgina kasalliklarni davolovchi ajoyib dori. Abu Ali ibn Sino “Bemor kulayotgan lahzalarida yuz foiz sog‘lom odam holatida bo‘ladi!” degan edi.

Fransuz psixologlarining fikricha, kulgi organizmni yoshartiradi. U ichki sekretssiya bezlari faoliyatining yaxshilanishiga, bosh og‘rig‘i va charchashda, arterial bosimning maromida bo‘lishiga hamda yurakka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Fransiyalik shifokor Feliks Bremon kulgini podagra va jigar kasalliklarini davolashda ancha qulay vosita, deb hisoblaydi.

Norvegiyalik professor Karla Rudalyaning tadqiqotlariga ko‘ra, kulgi ko‘krak qafasini mustahkamlaydi, yelka mushaklarini rivojlantiradi, umuman olganda kulgi inson organizmiga o‘ziga xos g‘ayrat bag‘ishlaydi.

Haqiqatan ham, kulgi hayotbaxsh xususiyatga ega. Ehtimol shuning uchun ham Amerikada hazil-mutoyiba terapevtik uyushmalari tashkil etilgandir. Nevropatolog Barri Bitman psixoneyroimmunologiya (hissiyotning immunitet tizimiga ta’sir etishini o‘rganuvchi soha) asoschilaridan biridir. U kulgi terapiyasi organizmning immun funksiyalarini mustahkamlashga yordam beradi, deb hisoblaydi. Shu jumladan, kulgi jiddiy kasalliklarga qarshi tabiiy himoya vositasi hamdir.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kulgi haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar