16:46 / 04.11.2018
4 893

Kardiologlar yurak kasalliklariga chalinganlarning umrlarini uzaytirish yo‘lini topishdi

Kardiologlar yurak kasalliklariga chalinganlarning umrlarini uzaytirish yo‘lini topishdi
Kanadaning Alberta universiteti kardiologlari o‘zlari o‘tkazgan tadqiqot asosida yurak xuruji, ishemiya yoki insultni boshidan o‘tkazgan odamlar har yigirma daqiqada minimal harakat qilib tursa, o‘z umrlarini maksimal darajada uzaytirishi mumkin, degan xulosaga kelishdi.

EurekAlertʼning yozishicha, shifokor Aylar Ramadi Kanada kardiovaskulyar jamiyati kongressida qilgan chiqishida yurak kasalliklariga chalingan odamlar har kuni uncha murakkab bo‘lmagan jismoniy mashqlarni bajarib turishi lozimligini qayd etib o‘tgan.

“Tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatdiki, yuragi kasal odam har 20 daqiqada o‘rnidan turib, keyingi yetti daqiqani jismoniy faollikka bag‘ishlashi kerak”, - deydi u.

Uning tasdiqlashicha, hatto xona bo‘ylab vaqti-vaqti bilan aylanib yurish kuniga 770 kilokaloriya sarflashgan yordam beradi. Olimlar jismoniy faollikning yo‘qligi organizmda xolesterin va boshqa zararli yog‘lar yig‘ilishiga olib kelishini eslatib o‘tishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kardiologlar yurak kasalliklariga chalinganlarning umrlarini uzaytirish yo‘lini topishdi