18:25 / 04.11.2018
5 209

Xayrullo Hamidov: "Kafanda baribir cho‘ntak bo‘lmaydi"

Xayrullo Hamidov: "Kafanda baribir cho‘ntak bo‘lmaydi"
O‘ZLIK

Yashamoq -- taqdirga bitilgan izlar,
Ochildimi, xayhot, yumilgay ko‘zlar.
Hargiz oliy bo‘lmas ilmona so‘zlar,
Hayot mangulikka dastak bo‘lmaydi.

O‘rtada ko‘rinmas ilohiy devor,
Ko‘zlar -- mahrumiyat ichra bir g‘ubor.
Tarozi pallasi tenglikka dushvor,
Foniyot boqiyga o‘rnak bo‘lmaydi.

So‘nggi nafas chiqar, orzular o‘char,
O‘lim deganlari naqadar o‘jar.
Bu kecha nogahon bir yulduz uchar...
O‘limda afsona, ertak bo‘lmaydi.

Xayrullo, ko‘nglingga solgani -- aniq:
Hayot bor budingni olgani aniq.
Berganing yoningga qolgani aniq...
Kafanda baribir cho‘ntak bo‘lmaydi.
Xayrullo Hamidov

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Xayrullo Hamidov: "Kafanda baribir cho‘ntak bo‘lmaydi"