Haftalik munajjimlar bashorati: "Syurprizlarga tayyor turing" (5—11 noyabr)

  • 5-11-2018, 10:25
  • 2 663
  • Hayot tarzi
  • Haftalik munajjimlar bashorati: "Syurprizlarga tayyor turing" (5—11 noyabr)
    Hamal

    Yangi maqsadlar sari qadam tashlaysiz. Ularni amalga oshirish uchun shoshilinch ravishda ishga kirishasiz. Avvalo, fikringizni jamlab, reja tuzib oling. Hamda vaqtni to‘g‘ri taqsimlang. Aks holda qiynalib qolishingiz mumkin. O‘tkinchi ehtiroslarga berilmang. Dam olish kunlari sayohat qilish uchun qulay palla.

    Savr

    Ko‘pdan beri yechimini kutayotgan ishlarga jiddiy e’tibor bering. Ularni amalga oshirish fursati yetdi. Buning uchun sizdan jiddiy tayyorgarlik talab etiladi. Ayniqsa, xushmuomala ekaningiz, o‘zgalar bilan tez til topisha olish qobiliyatingiz katta yordam beradi. Eng muhimi, uzoq muddatli investitsiyalar bilan bog‘liq ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirasiz.

    Javzo

    Biror ishga kirishishdan oldin jiddiy o‘ylab ko‘ring. Buni bajarishim nechog‘li ahamiyatli, menga qanday foydasi bor, bajarmasam oqibati nima bo‘ladi, degan savollarga javob topishga urinib ko‘ring. Shunda ortiqcha ovoragarchilikning oldini olgan bo‘lasiz. Kichik, arzimasdek tuyulsa-da, barcha ishingizni o‘z vaqtida bajarishga harakat qiling. Sevgi, muhabbat bobida ortiqcha shov-shuv ko‘tarib, vahima qilmang. Hammasini vaqtga qo‘yib bering.

    Saraton

    O‘zingizni qushdek yengil his qilasiz. Atrofingizdagilar sizga havas bilan qarashadi. Hamkasblaringiz bilan ham munosabatlaringiz mustahkamlanadi. Ular sizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashadi. Turmush o‘rtog‘ingiz bilan munosabatlaringiz iliqlashib, bir-biringizni chuqurroq tushuna boshlaysiz. U siz uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishga harakat qiladi. Bundan xursand bo‘ling. Axir, bunga munosibsiz.

    Asad

    Hafta siz uchun omadli boshlanadi. Orzularingiz birma-bir ro‘yobga chiqadi. O‘zingiz havas qilgan joydan ishga taklif qilishlari mumkin. Xursandlikdan shoshib qolmang. Yaqinlaringiz bilan maslahatlashib, yangi ish joyidagi vaziyatni obdon o‘rganing. Pul bilan bog‘liq masalalarda ham hushyor bo‘ling. Keraksiz sarf-xarajatlar qilmang. Hafta so‘ngida romantik uchrashuvlar unutilmas taassurot qoldiradi.

    Sunbula

    Yaqinlaringizdan uzoqlashib ketmang. O‘zingizning borligingizni eslatib turing. Balki ayni dam ularga sizning yordamingiz kerakdir. Balki, aksincha, sizga ularning foydasi tegishi mumkin. Ishim ko‘p, vaqtim yo‘q, degan bahonalarni qilmang. O‘zingizga ham vaqt ajratishni o‘rganing. Dam olish kunlari ortiqcha ehtiroslarga berilmay, kundalik muammolarni hal qiling.

    Mezon

    Syurprizlarga tayyor turing. Ko‘pgina orzu-istaklaringiz amalga oshishi mumkin. Nimani xohlasangiz, o‘sha ishni bajarishga kirishing. O‘ylab o‘tirishdan hech qanday foyda yo‘q. Kutilmagan qo‘ng‘iroq yoki eski tanishingiz bilan bo‘lgan uchrashuv hayotingizda tub burilish yasashi mumkin. Ishda o‘zingizni ko‘rsatish va rahbariyatning e’tiborini qozonish uchun qulay imkoniyat tug‘iladi.

    Aqrab

    Anchadan beri rejalashtirib yurgan ishlaringizni bajarishga kirishasiz. Faqat bunda hissiyotlarga erk bermang. Aql bilan ish tutsangiz hammasi ko‘ngildagidek bo‘ladi. Moddiy ahvolingiz yaxshilanishi mumkin. Yulduzlar hozircha ortiqcha xarajatlardan tiyilishni maslahat berishyapti. Dam olish kunlari kutilmagan mehmonlar tashrifidan xursand bo‘lasiz. Ular bilan miriqib hordiq chiqarasiz.

    Qavs

    Ishlaringizni reja asosida amalga oshiring. Biznes hamkorlar bilan foydali shartnoma imzolashingiz mumkin. Ularning ishonchini qozonish uchun bor imkoniyatni ishga soling. Bu bilan yutqazmaysiz. Shanba va yakshanba — xaridlar uchun omadli kundir.

    Jadiy

    Bu hafta umuman shoshmashosharlikka yo‘l qo‘ymang. Har bir ishga aql bilan yondashing. Ana shunda barcha ishingizni muvaffaqiyatli amalga oshirasiz. Salomatligingiz bilan bog‘liq biror muammo bo‘lsa, kechiktirmay shifokorga murojaat eting. Va uning aytganlariga quloq soling. Dam olish kunlari ochiq havoda sayr qiling.

    Dalv

    Kutilmagan yangiliklardan xursand bo‘lasiz. Bundan ko‘p ham havolanib ketmay, o‘zingizni qo‘lga oling. Ishlaringizni navbati bilan bajarsangiz, qiynalib qolmaysiz. Bergan va’dalaringizni unutib qo‘ymang. Vaqtni boy bermay ularni bajarishga kirishing.
    Hafta so‘ngida miriqib hordiq chiqarish uchun qulay imkoniyat tug‘ilishi mumkin. Biroq yaqinlaringiz bunga yo‘l qo‘ymaydi. Sizni ular bilan jiddiy suhbatlar kutmoqda.

    Hut

    Bir nechta muhim tadbirda ishtirok etib, tajribangizni oshirishingiz mumkin. O‘rganganlaringizni amaliyotga joriy etishga kirishasiz. Bajargan ishlaringizdan ko‘nglingiz ko‘tarilib, xursand bo‘lasiz. Haftaning ikkinchi yarmida kayfiyatingiz yanada ko‘tariladi. Qilgan mehnatingizni e’tirof etib, sizni mukofotlashlari ehtimoli bor. Bundan barcha yaqinlaringiz xursand bo‘lishadi. Dam olish kunlarini oila davrasida o‘tkazing.

    Manba: Darakchi.uz

    » » Haftalik munajjimlar bashorati: "Syurprizlarga tayyor turing" (5—11 noyabr)