00:15 / 10.11.2018
5 531

Dada men kuchliman (Ibrat)

Dada men kuchliman (Ibrat)
Otasi o‘g‘lidan so‘radi:

- O‘g‘lim ,ikkimizdan qay birimiz kuchliroqmiz?

O‘g‘il javob berdi:

- Albatta men dada.

Ota bu javobni kutmagan edi esankirab qoldi.

- Bunga ishonching komilmi o‘g‘lim?

Xonasiga qarab yo‘l olarkan ikkinchi marta so‘radi.

- Xa dada.

O‘z xonasiga yetay deb qolgan ota uchinchi marta umid bilan
yana so‘radi:


- Balki yaxshilab o‘ylab ko‘rarasan o‘g‘lim, qay biriimz
kuchliroqmiz?

- Siz dada.

Ota bu javobdan mamnun bo‘ldi. Lekin o‘ylab qoldi. Nega
bundan oldin ikki qayta men kuchli dedi bu bola? O‘g‘lidan
yana so‘radi:


- Nega bu qarorga kelding o‘g‘lim?

O‘g‘il javob berdi.

- Bundan oldin ikki marta so‘raganingizda siz meni yonimda
edingiz. Siz yonimda bo‘lganingizda bu dunyoda mendan kuchli
odam yo‘q dada.

Uchinchi marta so‘raganingizda siz mendan uzoqda edingiz!
Siz yonimda bo‘lmasangiz men xech kim emasman dada!!!.....

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Dada men kuchliman (Ibrat)