17:45 / 10.11.2018
5 653

Omadsiz odamlarning 7 ta odati

Omadsiz odamlarning 7 ta odati
Agar o‘zingizda bu kabi xulq-atvorni sezsangiz, bilingki, biror narsani o‘zgartirish vaqti yetdi.

Har qanday imkoniyatda muammoni ko‘rish
Omadsiz har qanday yaxshi ishning ham salbiy jihatini izlaydi. O‘zining bekorchiligini oqlash uchun ehtimoldagi salbiy oqibatlarni bahona qiladi. U ko‘pincha o‘zgalarning omadli ekani haqida gapiradi. Shu yo‘l bilan o‘zining biror ulkan maqsadga yetisha olmasligini yashiradi.

Mas’uliyatni o‘zgalarga yuklash
O‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchning yetishmasligi qurbon sifatida ko‘rinishga olib keladi. Omadsizliklarida o‘zgalarni ayblaydi.

Doimiy ravishda o‘zini oqlash
U ko‘pincha javob tariqasida “Bu mening ishim emas”, “Men hech narsa uchun javobgar emasman” qabilidagi iboralarni qo‘llaydi.

Mag‘lubiyatga tezda taslim bo‘lish
Omadsiz kishi orzusidan voz kechib, yangi orzu ortidan ish joyini tez-tez o‘zgartirishi mumkin. Biroq hech nima qilmaslik uchun doim bahona topadi.

TV va lotereyalarga tobelik
Omadsiz foydali ishlar o‘rniga televizor ekrani ro‘parasida juda ko‘p vaqt o‘tkazadi. Bundan tashqari, u bir lahzada boyish haqida orzu qiladi.

O‘zgalarning ma’qullashini kutish
Omadsiz o‘zgalarga manzur bo‘lishga harakat qiladi. U o‘zi haqidagi tasavvurni atrofdagilar fikriga qarab shakllantiradi.

O‘zi nima istashini bilmaslik
Omadsiz darhol mukofot olishni istaydi. Uning fikrlari juda tez o‘zgaradi. U o‘zini tushunmaydi va hayotdagi maqsadini topa olmasligi mumkin.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Omadsiz odamlarning 7 ta odati