Odamlar orasida ortiqcha vaznga ega bo‘lganlar soni ortib borishi bilan apnoe - uyquda vaqtincha nafas ololmaslikdan aziyat chekayotganlar soni ham ortib bormoqda. Bu esa, miokard infarkti yoki insult kabi kasalliklar xavfini oshiradi, deyishmoqda ekspertlar. Bu haqda RIA Novostiga tayanib Kun.uz yozmoqda.
«Olimlar AQShda 10 yil oraliqda o‘tkazilgan ikkita tadqiqot natijasida uyquda apnoega uchrash hollari qariyb 10 foizga oshganini aniqlashdi. Aniqroq aytganda, tadqiqot avvalida apnoega uchrash hollari 2-4 foiz kishida uchragan bo‘lsa, 10 yildan so‘ng, 10 foizdan ortiq bo‘lgan. Buni ortiqcha vaznli kishilarning ortishi bilan bog‘lashmoqda», — degan Sechenov nomidagi Mooskva tibbiyot universiteti uyqu tibbiyoti bo‘limi mudiri Mixail Poluektov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, apnoe — miokard infarkti, miya insulti va ateroskleroz kabi kasalliklarning alohida alomatlaridan biridir. Bundan tashqari, kislorod yetishmovchiligida inson aqliy qobiliyatlari ham yomonlashadi.
O‘z navbatida, Moskva tibbiyot universiteti kardiolog shifokori Aleksandr Kalinkinning bildirishicha, apnoe ko‘plab gormonlar ishlab chiqarilish jarayonini buzadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»