09:20 / 11.11.2018
4 976

Fikrlar xaritasi: u nima va u bilan qanday ishlanadi?

Fikrlar xaritasi: u nima va u bilan qanday ishlanadi?
Fikrlar xaritasi, mental xarita, intellekt-xarita, mind map — bularning bari shaxsiy fikrlarimizni tashkillashtirish usulining bir necha nomlari. Bugun ushbu instrument nima ekani va u bilan qanday qilib samarali ishlash mumkinligi haqida so‘z yuritamiz.

Mental xaritalar g‘oyasi fikrlashimiz radiant ekanligiga asoslanadi. Ya’ni, biz assotsiatsiyalar bilan markazdan yon tomonga qarab fikrlaymiz. Yagona markaziy g‘oya bo‘ladi, undan boshqa assotsiatsiyalarga olib boradigan birlashtiruvchi iplar o‘tadi, ulardan esa yana boshqalariga. Bu qaysidir jihati bilan daraxtni esga soladi. Uning tanasi – markaziy g‘oya, shoxlari esa undan kelib chiqadigan tasavvurlar.

Intellekt-xarita ana shu asosda yaratiladi. U qanday bo‘lishi kerakligi borasida yagona bir qoida yo‘q. Asosiy vazifa: bosh fikrni belgilash, assotsiatsiyalar yordamida ko‘plab bog‘lamalar yaratish mumkin. Intellekt-xaritalar yordamida yangi ma’lumotlarni o‘rganish, turli masalalarni yechish mumkin.

Demak mental xaritani tuzishning bir necha bosqichlari bo‘ladi. Birinchisi – asosiy fikr yoki g‘oyani yaratish, ikkinchisi – birinchi daraja mavzularini yaratish. Uchinchisi – mavzularning ikkinchi darajasini rivojlantirish. To‘rtinchisi – aniqlashtirish, uchinchi va to‘rtinchi daraja. Suratga qarang. U intellekt-xaritalar qanday bo‘lishi kerakligini namoyish etadi.

Masalan, mental xarita yordamida tarix bo‘yicha darslikdagi paragrafni o‘rganmoqchisiz. Asos uchun bo‘lim nomini olasiz. Keyin birinchi tarmoqlar yordamida uni bir necha bandlarga ajratasiz. Keyin esa bu bandlarni aniqlashtirasiz.

Fikrlar xaritasini qog‘ozda va raqamli texnologiyalar yordamida ham bajarish mumkin.

Siz ham mind map haqida biror nima eshitganmisiz? Bu instrumentdan foydalanganmisiz?

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Fikrlar xaritasi: u nima va u bilan qanday ishlanadi?