12:02 / 11.11.2018
8 941

Ulug‘ nasab

Ulug‘ nasab
Insonlarni Allohning haq yo‘liga musharraf etgan payg‘ambarimizning otalari Abdulloh, onalari Omina edi. Omina quraysh qabilasi Zuhra jamoasiga mansub Vahbning qizi edi; Abdullohning otalari Abdulmuttalib quraysh qabilasining mo‘’tabar oqsoqollaridan bo‘lib, qabiladoshlarining boshiga mushkul ish tushganda to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq ko‘rsatar, katta ishlarda odamlar hamisha uning peshini tutishardi. Onalari Fotima maxzum jamoasiga mansub Umarning qizi edi.

Abdulmuttalibning otasi Hoshim, onasi Salmo bo‘lib, u xazraj qabilasi, najjor jamoasiga mansub Amrning qizi edi; Hoshimning otasi Abdumanaf, onasi esa Otika edi. Otika Salmiy jamoasiga mansub Murraning qizi edi. Abdumanafning otasi Qusay, onasi Hubba bo‘lib, u huzoa jamoasiga mansub Hulaylning qizi edi. Johiliyat* davrida Baytulloh xizmatini boshqarish, ziyoratga keluvchilarni ovqat va suv bilan ta’minlash, quraysh qabilasining maslahat yig‘inlarini ochish Qusayning qo‘lida edi. Bunday yig‘inlar uning uyida o‘tkazilar, janglarda tug‘ ko‘tarish huquqi ham uning ixtiyorida, edi.

Qusay jon taslim qilayotgan chog‘ida bu vazifalarni o‘g‘li Abduddorga topshirdi. Lekin Abdumanafning avlodi amakisi Abduddorning bunday faxrli lavozimni egallashiga norozilik bildirishdi. Ular o‘rtasidagi kelishmovchilik katta mojaroga aylanish xavfi tug‘ilganda ikki tomonning oqil kishilari kengashib, Abdumanaf avlodiga Baytulloh ziyoratiga keluvchilarni zamzam suvi hamda ovqat bilan ta’minlash huquqini berdi. Baytullohni boshqarish huquqi Abduddor avlodida qoldi. Bu ishga shariat ham ruxsat berdi, Bu vazifa hanuzgacha shu avlodning ilkida. Tug‘ qadash Abduddorning bir avlodidan ikkinchisiga o‘taverdi, faqat Islom dini dunyoga kelgach, bu vazifa xalifaning ixtiyoriga o‘tib, hukmdor o‘zi munosib ko‘rgan kishini tayin etadigan bo‘ldi. Maslahat kengashlari va farmon chiqarish huquqi qam xalifaga berildi. Qusayning otasi Kilob, onasi Fotima yamanlik Azdushanua qabilasidan bo‘lmish Sa’dning qizi edi. Kilobning otasi Murra, onasi Hind edi. Hind esa Fihr ibn Molik jamoasiga mansub Sarirning qizi edy. Murraning otasi Ka’b, onasi Vahshiya Fihr jamoasidan bo‘lmish Shaybonning qizi edi. Kalbning otasi Luay, onasi Moriya quzoa qabilasiga mansub Ka’bning qizi edi. Luayning otasi G‘olib, onasi Huzao jamoasiga mansub Amrning qizi Salmo edi. G‘olibning otasi Fihr, onasi Huzayl qabilasidan bo‘lmish Sa’dning qizi Laylo edi. Ko‘pgina rivoyatlarda Fihr Qurayshning o‘zi, qurayshlar fihrning avlodi deyiladi.

Quraysh qabilasi o‘n ikki jamoadan iborat: Abdumanaf jamoasi, Abduddor ibn Qusay jamoasi, Asad ibn Abduluzzo ibn Qusay jamoasi, Zuhra ibn Kilob jamoasi, Maxzum ibn Yaqiza ibn Murra jamoasi, Taym ibn Murra jamoasi, Adiy ibn Ka’b jamoasi, Sahm ibn Husais ibn Amr ibn Ka’b jamoasi, Omir ibn Luay jamoasi, Taym ibn G‘olib jamoasi, Horis ibn Fihr jamoasi, Muharib ibn Fihr jamoasi.

Ulardan Makkada o‘troqlashganlari soy qurayshlari, shahar atrofiga joylashganlari esa sirtdagi qurayshlar deyiladi. Fihrning otasi Molik, onasi jo‘rhumlik Harsning qizi Jandala edi; Molikning otasi Nazr, onasi Qays Aylonga mansub Advonning qizi Otika edi. Nazrning otasi Kinona,’ onasi Murr ibn Odning qizi Barra edi; Kinonaning otasi Huzayma, onasi Qays Aylonga mangub Sa’dning qizi Avona edi; Huzaymaning otasi Mudrika, onasi quzoalik Aslamning qizi Salmo edi; Mudrikaning otasi Ilyos, onasi sharaf va obro‘da zarbulmasal bo‘lgan Xindaf edi; Ilyosning otasi Muzar, onasi Rabob Junda ibn Ma’dning qizi edi; Muzarning otasi Nizor, onasi Savda Akning qizi edi; Nizorning otasi Ma’d, onasi Muona jurhumlik Javshamning qizi edi, Ma’dning otasi esa Adnon edi.Muhammad alayhis-salomning nasl-nasabi haqida tadqiqotchi olimlar va muhaddislar shunday yakdil fikrga kelishgan, shuningdek ular Adnonning ajdodlarini sanash durust emas, deb hisoblashadi…

Qisqasi, payg‘ambar alayhissalomning nasl-nasabi Ibrohim alayhissalomning arablashib ketgan o‘g‘li Ismoilga borib tutashadi. Bundan ko‘rinadiki, Rasulullohning ajdodlari pok, mo‘’tabar va nufuzli kishilar bo‘lgan. Payg‘ambar bo‘lishning eng zarur shartlaridan biri nasl-nasabning toza bo‘lishligidir. Alloh taolo Rasulullohning ajdodlarini johiliyat davridagi nopok ishlardan, buzuqliklardan, razolatdan o‘z hifzu himoasiga olib asragan.
“Nurul yaqin” kitobi asosida
“Oqilon” jome masjidi imom-xatibi
I.Ahrorov tayyorladi.

Manba: Vakillik.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ulug‘ nasab