Faqir bir odam o‘z qishlog‘ida hamma xonadonlarning sigirlarini to‘plab yaylovda boqib berardi. Uning og‘irligi birovga tushmasdi, oilasini shu mehnati bilan boqardi. Bu cho‘ponning ahvolini tushunadigan, erining qadrini biladigan, oqila xotini bor edi. Shuning uchun u eng baxtiyor odam hisoblanardi.
Qishloqda kimni xotinidan jahli chiqsa, “Bor cho‘ponning xotinidan ibrat olib kel”, der edi. Kunlardan bir kun qishloq og‘asi xotinidan xafa bo‘ldi.
– Ey, gapga tushunmaydigan, berahm xotin, borib qishlog‘imiz cho‘ponining xotinidan ozgina bo‘lsa ham aql o‘rgan, u faqir xotindan ibrat ol, er qadrini o‘rgan, – dedi.
– Cho‘ponning xotinidan nimani o‘rganaman, Eri cho‘pon bo‘lsa, o‘zida na hunar na fazilat bor, – deb qarshilik ko‘rsatdi, ayoli.
Og‘a jahl bilan ishiga ketdi. Uning xotini keyin bezovta bo‘lib qoldi. O‘rnidan turib, “cho‘ponning xotinini hamma tariflaydi, bir ko‘rib kelay”, deb ularning uyiga bordi. Shu payt cho‘ponning xotini hovlidagi, oftobda turgan idishdan suv olib ichar edi.
– Shu suvdan menga ham ozgina bering, – dedi og‘aning ayoli.
– Bu suv isib qolgan, sizga muzday suv olib kelaman, bir oz kuting, – dedi cho‘ponning ayoli.
– Mayli, lekin siz o‘zingiz nega isib qolgan suv ichmoqdasiz? – deb so‘radi og‘aning ayoli.
– Xonim, shu onlarda erim dalada jaziramada yuribdi. Quyoshda qizigan meshchasidagi suvdan ichayotgandir. Erim u yerda isigan suvni ichsa-yu, men bu yerda sovuq suv ichsam, xotinligim qayerda qoladi! – deya javob berdi cho‘ponning ayoli.
Xo‘jaobod tumani
“Yettichinor” masjidi noib imomi
S.Yunusov
“Yettichinor” masjidi noib imomi
S.Yunusov
Manba: Masjid.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi