09:25 / 17.11.2018
3 740

Achchiq muhabbat: insonlar nima sababdan qahvani xush ko‘rishadi?

Achchiq muhabbat: insonlar nima sababdan qahvani xush ko‘rishadi?
Scientific Reports jurnali ko‘p insonlarning taxir qora qahvaga bo‘lgan ishtiyoqini tushuntirib beruvchi tadqiqot natijalarini e’lon qildi.

Olimlar fikriga ko‘ra, bu genlarga bog‘liq. Ba’zi mutatsiyalar insonni taxir ta’mini yanada yaxshiroq sezishga majburlaydi.

Asta-sekinlik bilan inson bu ta’mga o‘rganadi va uni zararli emas, aksincha foydali deb hisoblay boshlaydi.

Avvalroq biologlar qahva aritmiya xastaligiga chalingan insonlar yurak ishiga salbiy ta’sir qilishini ma’lum qilishgandi, ammo keyingi kuzatishlar ushbu taxminni tasdiqlamadi.

Ichimlikning foydali xususiyatlari olimlar o‘rtasida hozirgacha bahs va munozara mavzusi bo‘lib qolmoqda. Bir qancha tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, kuniga uch yoki undan ziyod chashka qahvani ichish infarkt rivojlanish xavfini pasaytirishi mumkin. Boshqa ilmiy guruhlar bu bog‘liqlikni tasdiqlashga tayyor emaslar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Achchiq muhabbat: insonlar nima sababdan qahvani xush ko‘rishadi?