20:13 / 18.11.2018
4 147

Onaga yaxshilik qilishning 150 usuli (9-qism)

Onaga yaxshilik qilishning 150 usuli (9-qism)
71. Farzandlaringizni onangizga yaxshi muomalada bo‘lishga va bu ishda musobaqalashishlariga zamin yarating. Ularni bunda rag‘batlantirish uchun yutganlarini maqtang, roziliklarini topganlarini mukofotlang.

72. Albatta, har bir ona o‘z uyiga ko‘p ahamiyat qaratadi. Shuning uchun ham uy, xonadon chiroyli va go‘zal ko‘rinishda bo‘lishini ta’minlang. Uyning ozodaligini har doim saqlang. Har qachon va har doim onangiz qilgan ishlarga tahsinlar ayting.

73. Yotoqxona ona uchun maxsus xona hisoblanadi. Ularning xonalariga munosib turli-tuman ashyolar joylang. Yoki ularga xonalarining chiroyli bo‘lishi uchun nima xohlasalar, shuni qilishga qo‘yib bering. Shuningdek, mehmonxona ham onalar uchun eng ahamiyatli xona hisoblanadi. O‘sha yerlarni ham eng go‘zal ko‘rinishga olib keling.

74. Onangizning qarindoshlariga yaxshilik qiling va bunda ularga shaxsan o‘zingiz yordamchi bo‘ling. Ularning oralarini bog‘lashda sabab bo‘ling.

75. Agar ularning muayyan qiziqishlari bo‘lsa, vaqtingizni shunga, ya’ni qiziqishlariga sarflang, qiziqishlarini amalga oshirishga ehtiyoj tuyulgan narsalarni hozirlang.

76. Qiziqishlaringizda ular uchun ham o‘rin ajrating. Onangiz uchun alohida bir ish qiling. Misol uchun, shoir bo‘lsangiz, ular haqlarida qasida yozing. Yozuvchi bo‘lsangiz, ular nomiga yoki ular haqiga qisqa bir qissa yozing va hokazo.

77. Ba’zi jamiyatlarda onalar o‘z ismlarining farzandlarining farzandlariga qo‘yilishini yaxshi ko‘rishadi. Lekin bundan ularni farzandlari turmush o‘rtoqlari bilan barqaror turmush kechirishlari, ixtiyorni ularning qo‘llarida qoldirish to‘xtatib qoladi. Qarshilik qilsalar-da, farzandlaringizni u zotning ismlari bilan nomlasangiz, qalblaridan xos o‘rin egallagan, ularga yaxshiliklariga javob qaytarib, qalblarida yuksak maqomga ko‘tarilasiz. Bundan ularni benasib qoldirmang.

78. Ulovingizga hammadan oldin onangizni mindiring. Tushishda ham, chiqishda ham ulardan keyin chiqib, ulardan keyin tushing. Yordamingizga muhtoj bo‘lsalar, aksini qiling. (Har qaysi markab yoki ulovga o‘tirganingizda, onangizning ortlarida bo‘ling. Misol uchun, uchoq, poyezd va boshqa transport vositalariga minilganda, onangiz ortlaridan joy oling. Tushishda ham chiqishda ham ulardan keyin chiqib, ulardan keyin tushing. Shu bilan birga buni yoningizda qadrdonlaringiz, aka-uka va boshqa yaqinlaringiz bilan bo‘lgan vaqtingizda ham, onangizni shunday ko‘rinishda e’zozlang).

79. Ularning yonlarida qo‘rs-qo‘pol so‘zlar, xunuk so‘zlar yoki ko‘cha jargonlarini aslo ishlatmang. Balki yaxshi fazilatlarga (xislatlarga) ega bo‘lgan iboralarni, chiroyli gaplarni ishlating.

80. Ba’zida farzandlar tomonidan bolalar va nevaralar orasida onaga yaxshi sovg‘a taqdim qilish musobaqalari bo‘lishi mumkin. Shu kabi ishlarda bolalarning qalblarida onaning o‘rnini yuksaltirish, Alloh taolodan keyin fazl egasi ona ekanini e’tirof etish va yaxshilikka musobaqalashish bor.

Davomi bor...
Sulaymon Soqir
"Onaga yaxshilik qilishning 150 yo‘li" kitobi
Abdulloh Rahimboyev tarjimasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Onaga yaxshilik qilishning 150 usuli (9-qism)