23:44 / 18.11.2018
6 520

Munajjimlar bashorati: 19 noyabr kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 19 noyabr kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Asosiy ishlarni bajarishda juda hushyor turing. O‘zingiz ikkinchi darajali deb hisoblagan ishlarga qo‘l urmay qo‘ya qolganingiz ma’qul. Baribir ular siz kutgan natijani bermaydi. Tadbirkorlar ertalabdayoq biznes hamkorlar bilan qo‘ng‘iroqlashib, kun davomida qilinajak ishlarni kelishib olishlari zarur bo‘ladi. Oilada yaqinlaringiz bilan munosabatlarni yaxshilab borishga harakat qiling. Janjal chiqishiga yo‘l qo‘ymang. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

19 noyabr kuni o‘zingizga ehtiyot bo‘ling. Ko‘proq o‘zingizni sevishga va ardoqlashga harakat qiling. Mayli, tashqaridagilar bu ishingizni ko‘rib ensalarini qotirishsin. E’tibor qilmang. Oldin o‘zini ardoqlashni bilgan odam boshqalarga ham shunday munosabat yurita boshlaydi. Pul muammosi bo‘lmaydi. Lekin bu xarajatlarga zeb berish kerak degani ham emas. Tejamkorlik hamisha hamrohingiz bo‘lsin. Kechqurun shaxsiy hayotingizdagi sokinlik va ahillikni ko‘rib maza qilasiz.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Bugun bilim doirangizni kengaytirish payida bo‘lishingiz tavsiya qilinadi. Seminarlarda ishtirok eting. Juda bo‘lmasa, tajribali insonlardan bilmaganingizni so‘rab o‘rganing. Professional kasbingiz bilan bog‘liq ishda yorqin tanaffuslar yuzaga kelishi mumkin. Bu mavqeingiz osha borishida asqotadi. Hasadgo‘y va raqobatchilardan ichki dunyongizni ehtiyot qiling. Shaxsiy hayotdagi muammolarni hal etishda yaqin do‘stingiz maslahat berishi kutiladi. Asabni asrang.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

19 noyabrda atrofdagilar bilan orangizda kelishmovchiliklar yuzaga kelish ehtimoli bor. Ko‘zingizga ko‘ringan odam bilan janjallasha boshlaysiz. Ammo biling. Har bir tilga olganingiz haqoratli so‘z o‘zingizga dushman vazifasini o‘tashi hech gap emas. O‘zingizni qo‘lga oling. Do‘st qidirishda ideal sari talpinmang. Ideal arshi a’loda bo‘ladi. Yerda ideal yaratish uchun o‘zingiz harakat qilishingiz kerak. Shunda ham to‘laqonli idealni baribir topa olmaysiz. Salomatligingizni ko‘z qorachig‘idek ehtiyot qiling. Ko‘cha taomlarini iloji boricha iste’mol qilmang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Erta tongda turing-u, qalbingizga qulf osing. Shunday qulf topingki, hech kim ocha olmasin. Sirlaringizdan hech kim voqif bo‘la bilmasin. Oilalilar hayotida garmoniya va xotirjamlik hukm surishi kutiladi. Garchi moliyaviy masalada muammo jiddiy bo‘lsa-da, juftingiz bilan munosabatlar bu muammolarni bartaraf etishda to‘siq bo‘la olmaydi. Kechqurun safarga otlanishingiz mumkin. Safar ham sizga moliyaviy to‘kinlik hadya etadi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

19 noyabr kuni ishga kechikmang va rahbariyat bilan janjallashmang. Bularning ikkisi ham ziyoningizga ishlaydi. Agar nohaq bo‘lsangiz, yaxshilikchasiga tan oling, vassalom. Har qanday ko‘rinishdagi kelishmovchiliklarning oxiri voy bo‘ladi. Ishchanlik, mehnatsevarlikkina bugun sizga ham obro‘, ham daromad hadya etishi mumkin. Ayniqsa, tijorat bilan shug‘ullanadiganlar bu narsaga alohida e’tibor bilan yondashishlari kerak.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Bugungi kuningiz ajoyib tarzda boshlanadi va bu holat kechgacha davom etadi. Hatto, sizga orqavarotdan hasad qiladiganlar ham ishdagi tajribangiz va salohiyatingizni ko‘rgach, sizdan o‘rnak olish harakatiga tushadi. Rahbarlar ham sizni kuzatishadi. Shuning uchun yo‘ldan ozmang. Atrofdagilar bilan bo‘lar-bo‘lmasga bahslashishingiz tavsiya qilinmaydi. Kechqurun oila qurmaganlar romantik uchrashuvga otlanishlari mumkin.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

19 noyabrda ishda ham, shaxsiy hayotda ham hushyorlikda qilingan fikr sizga yordam bera oladi. Har bir masalani obdon o‘ylab hal eting. Aks holda ishda mavqe, uyda obro‘dan umid qilmasangiz ham bo‘ladi. Do‘stlar bilan munosabatlaringizda chalkashliklar ko‘zga tashlanishi mumkin. Bu kayfiyatingizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi tayin. Shuning uchun yolg‘iz qolib dam olishingiz zarur. O‘zingizni ehtiyot qiling.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Kuningiz unumli kechadi. Professional kasbingiz bilan bog‘liq ishingiz baroridan keladi. Agar anchadan beri boshqa kasbni egallash istagida bo‘lsangiz, bugun ayni payti. Faqat mo‘l daromad keltiradigan ish qidiring. Juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingiz bilan munosabatlarda xatolikka yo‘l qo‘ya ko‘rmang. Bu yaraning bitishi qiyin bo‘ladi. Juda do‘ppi tor kelsa, yon bering-qo‘ying. Salomatligingizni asrang. Hali u sizga ko‘p kerak bo‘ladi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

19 noyabr kuni atrofdagilar, ishxonadagi hamkasblarga nisbatan diplomatlarcha munosabatda bo‘ling. Aldanishdan, chuv tushishdan cho‘chimang. Bugun Ollohning o‘zi himoyachingiz bo‘ladi. Qanchalar to‘g‘riso‘z, halollik bilan harakatlar sodir etsangiz, himoya shuncha kuchli kechadi. Tadbirkorlar o‘z hamkorlarining biznesdagi fikrlarini oldindan yaxshilab o‘rganishlari kerak.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

Bugun ayollar o‘z xonadonini yig‘ishtirish bilan mashg‘ul bo‘lishlari kutiladi. Shu sizga chuqurroq, erkinroq nafas olish imkonini berishi mumkin. Ro‘zg‘ordagi muammolarni juftingiz bilan bamaslahat bartaraf etganingiz ma’qul. Moliyaviy masalada ham faqat o‘zingizga ishonib qolishingiz noto‘g‘ri bo‘ladi. Yaqin insonlardan yordam so‘rang. Bu yordam sizga suv va havodek zarur.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

19 noyabr kuni jamoaviy tarzda ish bajarishingiz talab etiladi. Agar ishga ijodiy yondasha bilsangiz, birovlarning ko‘magiga ham muhtojlik sezmaysiz. Kunning ikkinchi yarmida o‘zingiz uchun dam olish soatini e’lon qiling. Eng yaqin insonlar bilan tabiat qo‘yniga chiqsangiz ham birov qarshilik qilmaydi. Bugun meditatsiya, basseynda cho‘milish salomatlik uchun juda foydali kechadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 19 noyabr kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?