23:53 / 20.11.2018
7 121

Munajjimlar bashorati: 21 noyabr kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 21 noyabr kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)

Har qanday ishni bajarishda o‘zingizga nisbatan tajribasi ko‘proq hamkasblar harakatiga zimdan nazar soling. Shunda ishlaringiz baroridan keladi va yangi tajriba to‘playsiz. Kimlardir o‘zingizga yoqmay ketayotgan bo‘lsa, ular bilan muloqot qilishni to‘xtating. Uydagi mayda-chuyda muammolarni bartaraf etish, muhim hujjatlarni ko‘zdan o‘tkazib chiqish muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun bir talay yoqimli xabarlar eshitishingiz kutiladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

21 noyabr kuni tashvish-u, xavotirlar og‘ushida bo‘lishingiz mumkin. Ishlarning ba’zilarini tugatishga ulgurasiz, ba’zilarini ertangi kun uchun qoldirishga majbur bo‘lasiz. Shaxsiy hayotda yoshi ulug‘ yaqinlaringizning nasihatlari, maslahatlarini inkor etmang. Ish joyingizdagi rahbarlar bilan maoshingiz oshishi va yangi loyihalarni hayotga tadbiq etish masalasida maslahatlashishingiz kerak bo‘ladi. Aks holda yaqin orada bugungidek qulay imkoniyat topa olmaysiz.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Har bir eshitganingiz, ko‘rganingizni hisobga oling. Bugun moliyaviy muammolaringiz har qachongidan yengilroq va muvaffaqiyatliroq bartaraf etiladi. Muhabbatda juda ehtiyotkor bo‘lishingiz lozim. Juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingiz haqida haqiqatdan uzoq xabar eshitishingiz mumkin. Shu yerda ehtiyotkorlik zarur bo‘ladi. Duch kelganga ishonib suyuklingiz bilan munosabatlarni yomonlashtirishingiz noto‘g‘ri bo‘ladi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

21 noyabrda uzoq o‘ylanmasdan, favqulodda qarorlar chiqarishingiz lozim. Chunki bugun kutilmagan hodisalar markazida bo‘lasiz. Oldingi muammolarni kim keltirib chiqargan bo‘lsa, o‘sha bilan birga bartaraf etishga kirishing. U yaqin qarindoshingiz bo‘lsa ham ayab o‘tirmang. Shaxsiy biznesi borlar va reklama biznesi bilan shug‘ullanadiganlar uchun bugungi kun muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Bugun tadbirkorlar yangi shartnomalar va muhim hujjatlarga imzo qo‘ymasliklari kerak. Bugungi kun muvaffaqiyatsizlik keltiradi. Agar olis safarga chiqishingiz zarur bo‘lsa, oldindan rejalashtiring, barcha plyus-minuslarni o‘rganib chiqing. Kechqurun yaqin do‘stlar davrasida dam olasiz, ko‘ngilxushlik qilasiz. Salomatligingiz bugun sizga pand bermaydi. Faqat ovqatlanishda rejimga qat’iy amal qilsangiz bas.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

21 noyabr kuni asablaringiz maksimum darajaga qadar buzilishi kutilmoqda. Bunga asabga teguvchilar bilan muloqotar, juftingiz bilan to‘satdan paydo bo‘ladigan kelishmovchiliklar va moliyaviy qiyinchiliklar sabab bo‘lishi mumkin. Bu siz uchun Yaratganning yana bir sinovi. Agar sinovdan muvaffaqiyatli o‘ta olsangiz, kelajagingiz albatta yoqimli lahzalarga boy bo‘ladi. Miyangizga ishingiz bilan bog‘liq yangi g‘oyalar quyilib kelishi kutiladi. Lekin ularni oldin yaxshilab chig‘iriqdan o‘tkazing.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Moliyaviy masalada paydo bo‘ladigan xatoliklarni tuzatish bilan shug‘ullaning. Garchi xatoliklar siz tarafingizdan yo‘l qo‘yilmagan bo‘lsa-da, ulardan to‘g‘ri xulosalar chiqarishga harakat qiling. Qaysarlik, prinsipiallik kabi illatlarni chetga suring. Ular yashashingizga jiddiy xalal beradi. Shaxsiy hayotda qarindoshlar yordamiga suyaning. Sog‘lig‘ingizni asrang. Kerak bo‘lsa, to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘ting.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

21 noyabrda ishingiz bilan bog‘liq yangi takliflar kelib tushadi. Ular qo‘shimcha daromad keltiruvchi yumushlar bo‘lishi mumkin. Rozi bo‘lavering. Moddiy ahvolingizni yaxshilashda to‘siqlarga duch kelasiz. Ammo ortga chekinmang. Kurashing va nihoyat g‘olib bo‘ling. Kechqurun oila qurmaganlar romantik tanishuvni boshdan kechirishlari mumkin. Baxtingizni bersin.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)

Kuningiz quvonchli lahzalar bilan boshlanadi. Muammolaringiz o‘z-o‘zidan ijobiy hal bo‘la boshlaganini ko‘rasiz-u, ilhomlana boshlaysiz. To‘lqinlanib ketasiz. Bu vujudingizga bir olam garmoniya singishini ta’minlaydi. Kunning ikkinchi yarmida yolg‘izlar bo‘lg‘usi juftini uchratishlari mumkin. Buning uchun do‘stlar bilan dam olishdan, tasodifiy tanishuvlar va internet orqali yozishmalardan voz kechib qo‘ymasligingiz zarur.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)

21 noyabr kuni miyangizda paydo bo‘ladigan g‘oyalarni hayotga muvaffaqiyatli tadbiq eta olasiz. Muhabbatda kamtarroq bo‘ling. Juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingizning ko‘nglini og‘ritadigan gap aytib qo‘ymang. Illyuziyadan qoching. Do‘stlar bilan qizg‘in suhbatlar sizni kechki payt kutib turadi. Shuning natijasida kayfiyatingiz ko‘tariladi. Ayrimlar kechqurun o‘zini yomon his eta boshlashi mumkin. Ba’zi do‘stlarimiz kechqurun mehmon kutishga tayyor tursinlar. Kutilmagan mehmonlar tashrif buyurishi ehtimolga yaqin.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)

Ishingiz va mavqeingiz oshishi bilan bog‘liq azaliy orzularingiz bugun haqiqatga aylanishi mumkin. Orzular sari olib boradigan yo‘l o‘nqir-cho‘nqirlardan iborat bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas. Shaxsiy hayotingizda tanaffuslar yuzaga kelilshi kutiladi. Oila qurmaganlar yangi tanishuvlarni boshdan kechiradi. Agar qat’iyatli bo‘lsangiz, kechgacha barcha ezgu maqsadlarga albatta yetasiz.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

21 noyabrda hazil-mutoyibaga moyil bo‘la olsangiz, har qanday jiddiy to‘siqni yengib o‘tasiz. Shokka tushirishi mumkin bo‘lgan hodisalar, vaziyatlarga duch kelsangiz ham xotirjamlikni qo‘ldan bermang. Zerikarli tuyulgan ishlarni bajarishda tezlikni oshiring. Tezroq qutulasiz. Juftingiz sizdan adolat, to‘g‘riso‘zlilik, sadoqat kutadi. Ularni hadya eta olasiz. Bardamlikdan voz kechmang!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 21 noyabr kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?