12:45 / 29.11.2018
5 001

Xurmo inson umrini uzaytirish xususiyatiga ega

Xurmo inson umrini uzaytirish xususiyatiga ega
Amerikalik olimlar xurmo tarkibidagi fizetin moddasi insonlarning uzoq umr ko‘rishiga sabab bo‘lishini aniqlashdi.

Bu boradagi tadqiqot natijalari EurekAlert! portalida chop etildi. Tadqiqotchilarga ko‘ra, fizetin organizmdagi zararlangan to‘qimalarning sonini kamaytiradi.

Bu sichqonlarda o‘tkazilgan tadqiqotda aniqlangan. Ya’ni ushbu modda bilan berilgan kemiruvchilar ancha salomatligida muammolar kuzatilmagani va ularning ko‘proq yashagani qayd etilgan.

Mutaxassislarning aytishicha, fizetin moddasi xurmodan tashqari, qulupnay, olma, piyoz, uzum, kivi, shaftoli va bodring kabi meva va sabzavotlar ham uchraydi. Aynan ular mazkur foydali moddaning tabiiy manbai hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Xurmo inson umrini uzaytirish xususiyatiga ega