07:02 / 30.11.2018
5 173

Oshiqlikdan ehtiyot bo‘l

Oshiqlikdan ehtiyot bo‘l
Tasavvurga oshiq bo‘lishdan o‘zingni asra. Chunki u naqd qayg‘u, doimiy alamdir. Shoirlarning oh-vohlaridan, ularning oshiqliklari, aqlsizliklaridan, hijron azoblari-yu vasl va firoq shikoyatlaridan uzoq bo‘lishlik musulmon kishining saodatidir. Bunday majnunlarning qalbi bo‘sh bo‘lur. «(Ey Muhammad alayhissalom), havoyi nafsini o‘ziga "iloh" qilib olgan va Alloh uni bilgan holida yo‘ldan ozdirib, quloq va ko‘nglini muhrlab, ko‘z oldiga parda tortib qo‘ygan kimsani ko‘rganmisiz?». ("Josiya" surasi, 23-oyat).

Ishq sabablari
1. Qalbning Alloh subhonahu va taologa bo‘lgan muhabbatdan, zikrdan, shukr va ibodatdan bo‘shligi.
2. Ko‘zga erk bermoqlik. Zero, ko‘z qalbga g‘am-anduhlarni tortuvchi darakchidir. «Qaramoq shayton o‘qlaridan bir o‘qdir».
3. Allohga duo-iltijo qilishda va nafl ibodatlarda sustkashlik qilmoq. «Albatta namoz buzuqlik va yomonlikdan to‘sur». ("Ankabut" surasi, 45-oyat).

Ishqning davosi esa ushbulardir
1. Ibodat ostonasiga bosh urmoq.
2. Ko‘zni tiyish, avratni saqlamoq. «(Ey Muhammad alayhissalom), mo‘minlarga ayting, ko‘zlarini (nomahram ayollarga tikishdan) to‘ssinlar va avratlarini (haromdan) saqlasinlar!». ("Nur" surasi, 30-oyat).
3. Qalbi unga bog‘langan kimsaning diyoridan bosh olib ketmoq.
4. Yaxshi amallar bilan mashg‘ul bo‘lmoq.
5. Shar’iy nikoh: «Uning oyatlaridan (yana biri) – U Zot sizlar hamdam bo‘lishlaringiz uchun o‘zlaringizdan juftlar yaratishi va o‘rtalaringizda oshnolik va mehr-muhabbat paydo qilishidir. Albatta bunda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir». ("Rum" surasi, 21-oyat).

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Oshiqlikdan ehtiyot bo‘l