Yozuvingizga qarab xarakteringizni bilib oling

  • 1-12-2018, 17:56
  • 1 874
  • Hayot tarzi
  • Yozuvingizga qarab xarakteringizni bilib oling
    Bu juda qiziqarli sahifa bo‘lib siz bunda o‘z yozuvingiz orqali qanday inson ekanligingizni bilib olishingiz mumkin. Qo‘lingizga ruchka va qog‘oz olib biror narsa yozing va quyidagi savollarga javob bering. Qarabsizki, siz qanday tabiatga ega ekanligingiz kelib chiqadi, qani boshladik…

    1. Harf hajmi:

    -Juda kichik — 3 ball
    -Kichik — 7 ball
    -O‘rtacha — 17 ball
    -Katta — 20 ball

    2. Harfning qiyaligi:

    — Chap tomonga butunlay qiya — 2 ball
    — Chap tomonga biroz qiya — 4 ball
    — O‘ng tomonga butunlay qiya — 6 ball
    — O‘ng tomonga biroz qiya — 14 ball
    — Tik yozuv — 6 ball

    3. Harfning ko‘rinishi:

    — Yumaloq — 9 ball
    — Ma’lum ko‘rinishsiz — 10 ball
    — Qiya — 19 ball

    4. Dastxat yo‘nalishi:

    — Yozuv yuqoriga “o‘rmalaydi” — 16 ball
    — Yozuv to‘g‘ri — 12 ball
    — Yozuv pastga “o‘rmalaydi” — 1 ball

    5. Yozuvda qo‘l kuchining ishlatilishi:

    — Yengil kuch bilan yozish — 8 ball
    — O‘rta kuch ishlatish — 15 ball
    — Harflarni kuchli bosim bilan yozish — 21 ball

    6. Harflarning bog‘lanishi:

    — Harflar bir-biri bilan bog‘langan — 11 ball
    — Harflar bog‘lanmagan — 18 ball
    — Harflar goh bog‘langan, goh bog‘lanmagan — 15 ball

    7. Umumiy baho:

    — Harflar tartibli joylashgan — 13 ball
    — Ba’zi harflar aniq, ba’zilari noaniq yozilgan — 9 ball
    — Harflar tartibsiz, yozuvlar esa tushunarsiz — 4 ball

    Natija:

    — 51-58 ball to‘plagan bo‘lsangiz, u sog‘ligi zaif, xarakteri esa melonxolik tipga yaqinroq.

    — 59-63 ballgacha kam harakat, jur’atsiz indamas xarakterida esa flegmatik temperamet elementlari ko‘proq uchraydi.

    — 64-75 ball yumshoq, ba’zan o‘ta ishonuvchan g‘ururi va e’tiqodi kuchli.

    — 76-87 ball nihoyatda ochiqko‘ngil yaxshi ta’surotlarga boy, istarasi issiq, odamlar bilan muomilasi yaxshi, o‘ziga xos hurmat e’tiborga ega.

    — 88-98 ball aniq va puxta ish yurita oluvchi, kuchli va barqaror, tashabbuskor, muammolarni oqilona hal qila oluvchi.

    — 99-109 ball egoistik xarakter ko‘proq uchraydi. Ba’zan betga chopar, ba’zan yengiltak. Odatda birovning fikrlari bilan hisoblashmaydi, tez ranjiydi, birovni tez xafa qilishi ham mumkin, hamma do‘stlari bilan ham bir xil muomilada bo‘lmaydi, mayda gap, serjahl. Lekin bunday kishilar orasida juda iqtidorli va ijodiy ishga qobiliyati yuksak kishilar ko‘proq uchraydi.

    — 110-120 ball bunday dastxat mas’uliyatsiz, qo‘pol, balandparvoz o‘ta g‘ururli kishilarda uchraydi.

    » » Yozuvingizga qarab xarakteringizni bilib oling