Munajjimlar bashorati: 2 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

  • 2-12-2018, 00:25
  • 1 793
  • Hayot tarzi
  • Munajjimlar bashorati: 2 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
    QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
    2 dekabr kuni o‘zingiz sezmagan holda obro‘li insonlar davrasiga tushib qolishingiz mumkin. Ular yirik kompaniyalar rahbarlari, mashhur kishilar bo‘lishi turgan gap. Siz ham bo‘sh kelmang. O‘zingizni diplomatlarcha tuting. Mabodo ular maslahatlar berishsa, albatta quloq tuting. Bugun ilgari qolib ketgan ishlar va loyihalarga aslo qayta ko‘rmang. Ular sizga bugun umuman naf keltirmaydi.

    BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
    Kunning birinchi qismida o‘ta mas’uliyatli bir tadbirda ishtirok etishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin. Kun davomida tadbirkorlar safarga otlanishi, majlislar, hamkorlar bilan muzokaralar o‘tkazishi kutiladi. Bugun har bir tiyin pulni qayta-qayta hisoblashga erinmang. Muhabbatda ko‘zlangan maqsadga erishish uchun bardoshli bo‘lishingiz talab qilinadi. O‘zingizni ehtiyot qiling. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

    EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
    2 dekabr kuni egizaklar burji ostida tug‘ilganlarning ayrimlari chalkash vaziyatlarda qolishi, ba’zilar yaqin do‘stlari bilan janjallashib qolishi mumkin. Kayfiyatingiz nolda bo‘lsa ham, bunday vaziyatga tushishingiz alam qilsa ham baribir xotirjam bo‘lishga harakat qiling. Muhabbatda optimistlarcha ish ko‘ring. Juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingizdan ko‘p narsa talab qilmang. Boriga shukr qiling.

    QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
    Kuningiz nafqat yoqimli, balki omadli ham bo‘ladi. Kun davomida shu qadar ko‘p ishlarni ado etasizki, kechqurunga borib yaqinlaringiz bilan muloqotga ham kuch topa olmasligingiz mumkin. Kunning ikkinchi yarmida keksa va xasta qondoshlardan xabar oling, qo‘shimcha savobga ega bo‘ling. Salomatligingiz picha pand bera boshlashi kutiladi. Toza havoda ko‘proq sayr qiling. Zarurat tug‘ilsa, vrach ko‘rigidan o‘ting.

    ARSLON (24. 07 — 23. 08)
    2 dekabrda taqdiringizda tub burilish hodisasi sodir bo‘lishi kutilmoqda. Bu yaxshilik yo yomonlikka bo‘lishi o‘zingizga bog‘liq. Anchadan beri oila qurish haqida bosh qotirayotganlar bugun kunning ikkinchi yarmida romantik uchrashuvni boshdan kechirishlari mumkin. Agar bu inson haqiqatan idealingizdagi ekaniga amin bo‘lsangiz, otni qamchilang. Kechqurun ish yuzasidan safarga jo‘nab ketishingiz ehtimoli bor. Salomatlikni, asablarni juda ehtiyot qiling. Ular sizga hali juda ko‘p kerak bo‘ladi.

    PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
    Ertalaboq muhim bir qarorga kelishingiz kutiladi. Ammo qaror qabul qilishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘ring. Tayyor yoki tayyor emasligingizni tekshiruvdan o‘tkazing. Basharti yangi ish bilan bog‘liq qaror bo‘lsa, darhol kirishing. Bugungi kun yolg‘iz qolish, kitob mutolaa qilish va istirohat bog‘larida, toza havoda sayr qilish uchun juda qulay kechadi. Xaridlarga zeb berib yubormasangiz, bugun pulingizga pul qo‘shilishi tayin. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar muolajalarni va profilaktikani unutib qo‘ymasinlar.

    TAROZI (24. 09 — 23. 10)
    2 dekabr kuni shovqinli davralardan o‘zingizni olib qoching. Buning oqibatida ko‘p kuch yo‘qotishingiz mumkin. Ro‘zg‘oringizda daf’atan shu qadar ko‘p muammo tug‘iladiki, ishdan vaqtli ketishga majbur bo‘lasiz. Kimki sayohatga otlangan bo‘lsa, bu amal muvaffaqiyatli kechadi. Biroq muhim hujjatlarni yo‘l oldidan yana bir bor ko‘zdan o‘tkazishni unutmang.

    ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
    Hozir qish boshlanganiga qaramay, bugungi kuningiz iliq va yoqimli kechishi kutilmoqda. Hozirdan yangi yil bayramiga sovg‘alar yig‘ishni boshlayvering. Kunning ikkinchi yarmida g‘oyibdanmi, ishqilib, qo‘lingizga bir dasta pul kelib tushishi mumkin. Pul ko‘p bo‘lmasligi mumkin, lekin ayni muddao ekani tayin. Kechqurun ba’zi do‘stlarimiz mehmonga, ayrimlar suyuklisi bilan kinoga borish ehtimoli bor. Kechki payt g‘iybatchilar ta’qibidan saqlaning.

    O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
    Bugun atrofdagilarga emas, o‘zingizga nisbatan qattiqqo‘l bo‘ling. Odamlarga achchiq qilmang, asabni asrang. Baqir-chaqir qilmang. Bu nafaqat boshqalar, o‘zingizni ham ko‘ngilsizliklarga ko‘ndalang qilishi mumkin. Tish do‘xtiri, kosmetologga borish, muolajalar olish muvaffaqiyatli o‘tadi. Oilalilar hayotida esa bugun tashvishlar, janjalli lahzalar ko‘paygandan ko‘payadi. Har bir ishni puxta reja asosida amalga oshiring.

    TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
    2 dekabrda o‘z xato-kamchiliklaringizni ko‘ra olishingiz, ularni o‘z vaqtida bartaraf etishga harakat qilishingiz tavsiya etiladi. Hamkasblar yoki do‘stlaringiz orasidan kimdir sizdan o‘z manfaati yo‘lida foydalanishga urinib ko‘radi. Agar o‘sha odamni vaqtida aniqlay olsangiz, adabini bering. Moliyaviy muammolarning ijobiy hal bo‘lishi dargumon. Shuning uchun qarz ko‘taring, yoki bankdan kredit oling.

    QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
    Kun siz uchun omadli, xayrli va unumli kechishi kutilmoqda. Kun davomida ish topa olmay yurganlar ishini topadi, tadbirkorlar millionlab so‘mlik foydali shartnomalarga imzo chekishadi, kimlardir kimnidir sevib qoladi-yu, qalbini garmoniya band etadi. Buni haqiqiy bayram desa bo‘ladi. Oilada tartib o‘rnatish, muammolar bo‘lsa, ularni bartaraf etish ham yodingizdan ko‘tarilmasin. Bundan tashqari, birinchi navbatda miyangizni ham keraksiz xayollardan tozalab oling. Yengil tortasiz.

    BALIQ (20. 02 — 20. 03)
    2 dekabr kuni o‘zingiz umuman tanimaydigan odamlar sizni janjalli vaziyatlar sari sudraklay boshlashi mumkin. Hushyorlikni, bardamlikni qo‘ldan bermang. Ularni sukut yordamida yengib chiqing. Kunning ikkinchi yarmida uy ta’miri, bolalar kamchiliklari kabilarga pul sarflashingiz kutiladi. Tadbirkorlarning ba’zilariga kechki payt xorijda ham ish ochishni taklif qilishlari mumkin. Buning uchun oldin yaqinlaringiz bilan maslahatlashib olganingiz durust.

    » » Munajjimlar bashorati: 2 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?