13:35 / 05.12.2018
5 527

Tog‘dek yaxshilik

Tog‘dek yaxshilik
Bir kuni kechasi bir odam kuchli yomg‘irning yoshishiga zo‘rg‘a chidagancha, biror bir mashina to‘xtab unga yordam berishini ilhaq kutardi. Boisi, uning mashinasi shu yerda buzilib qolgan, nima qilishini bilmasdi. U suvga bo‘kkach, oq bayroq yasab, birov ko‘rsin uchun silkiy boshladi.

Baxtiga qarama-qarshi tomondan kelayotgan mashina to‘xtab, yo‘lovchini taksilar turadigan joyga eltib qo‘ydi. 44-45 yoshlar atrofidagi bu odam shoshib turgan ekanmi, haydovchiga darrov rahmat aytdi va uning manzilini yozib olib, jo‘nab ketdi.

Yetti kundan keyin haydovchi yigitning eshigi taqilladi. Uning uyiga katta sovg‘a keltirishgandi. Uy egasiga maktub ham tutqazishdi. Yigit o‘qidi:

"Tunda meni kuzatib qo‘yganing uchun katta rahmat. O‘shanda yomg‘ir nafaqat mening liboslarimni, balki qalbimni ham shallabo qilgandi. Keyin sen kelding. Sen tengi o‘g‘lim bor. U bemor. Shuning uchun juda shoshayotgandim. Uyga kelishim bilan uning kasali azob berayotganining ustidan chiqdim. Vrach bo‘lganim uchun o‘g‘limga birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatdim. So‘ng kasalxonaga olib bordik. Agar biroz kechikkanimda-mi?! Sen bir emas, birvarakayiga uch nafar insonning hayotini saqlab qolding, Alloh seni asrasin...”

Qissadan hissa shuki: siz uchun xasdek tuyulgan yaxshilik ham birovlarga tog‘dek yordam berishi mumkin.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tog‘dek yaxshilik