09:25 / 06.12.2018
5 460

Olimlar optimal uyqu qancha davom etishi kerakligini ma’lum qilishdi

Olimlar optimal uyqu qancha davom etishi kerakligini ma’lum qilishdi
Sog‘lom uyqu sutkasiga 6 soatdan 8 soatgacha davom etishi kerak. Bu haqda olimlar xalqaro guruhi ma’lum qildi. Ularning bu boradagi tadqiqoti Yevropa kardiologlar jamiyati jurnalida chop etilgan.

Kuzatuvlar taxminan 8 yil davom etgan, mutaxassislar 35-70 yoshda bo‘lgan 116 ming kishining uyqusi kundaliklarini tahlil qilib chiqishgan. Natijada ular uyquning me’yoridan ko‘p bo‘lishi yurak-tomir kasalliklaridan o‘lish xavfining oshishi bilan bog‘langani haqidagi xulosaga kelishgan.

Kuniga 8 soatdan 9 soatgacha uxlagan odamlarda tavsiya qilingan soat dam olganlarga nisbatan o‘lim xavfi 5 foizga oshgan. 9 soat 10 soatgacha davom etadigan uyqu esa jiddiy kasalliklar rivojlanish ehtimolini 17 foizga, 10 soatdan ko‘proq uxlash esa 41 foizga oshirgan.

Olimlarning aytishicha, kunduzgi uyqu ham agar odam kechasi 6 soatdan kam uxlasa, yurak kasalliklari riavojlanishiga olib keladi. Biroq ularning ta’kidlashicha, aksariyat hollarda shu yo‘l bilan to‘yib uxlamaganlik kompensatsiya qilinadi va ko‘rsatkich optimal qiymatlargacha yetadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar optimal uyqu qancha davom etishi kerakligini ma’lum qilishdi