— Salom, sirdoshim! Odam qancha ulg‘ayaversa, shuncha aqli to‘lishib boraverar ekan. Yigirma yoshlarimda ko‘zimga ko‘rkam ko‘ringan qizning soyasiga aylanardim-da, ko‘nglini zabt etardim. Bora-bora ularning ko‘pligidan ismidan ham adashadigan bo‘lib qolgandim. Lekin uylanish mavridi yetganida…
Onamning zorlanishlaridan armon qolmadi. Har kuni yangi qiz topadi. Men esa uchrashuvdan bezorman. Tasodifmi yoki taqdir, bilmadim, doim o‘ziga to‘q, badavlat oilaning qizlari bilan to‘qnash kelaman. Biz oddiy oilamiz. Yashashimiz birovdan oldin, birovdan keyin degandek. Hartugul muhtojlik joyimiz yo‘q, lekin baland oxurdan suv ichgan qiz bilan hayotimni bog‘lasam ertam qanday bo‘lishi haqida qayg‘uraman. Masalaning nozik tomoni esa boshqa yoqda. Onam bir qiz bilan uchrashtiradi, uchrashaman. Ikkimiz bir-birimizga ma’qul kelamiz, qo‘ng‘iroqlashamiz, qayta uchrashamiz, mehrimiz tushadi. Sovchilikka navbat kelganda esa ota-onam: «Quda taraf juda badavlat ko‘rinadi, bellashaman deb belimiz chiqib ketmasin. Ko‘rpamizga qarab oyoq uzatganimiz yaxshi. Boyning qizi kalondimog‘, buning ustiga bebosh ham bo‘ladi. O‘zingni ham, bizni ham qiynama, o‘g‘lim!» deyishadi. Bu hodisa ko‘p qaytarildi. Uylanishdan ham, uchrashishdan ham bezib qolganman. Ba’zan o‘ylab qolaman: pul va boylik baxtli oilaviy hayotga shunchalik ta’sir o‘tkaza oladimi deb.
Azizlar, menga qanday maslahat berasiz? Onamning gapi to‘g‘rimi? Yoki boyning qizini ham qayta tarbiyalasa bo‘ladimi?
…42-42 abonenti
Manba: "Hordiq" “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi