Juftingizning kulishiga qarab xarakterini bilib oling

  • 8-12-2018, 19:08
  • 2 102
  • Hayot tarzi
  • Juftingizning kulishiga qarab xarakterini bilib oling
    Chin yurakdan chiqqan besh daqiqalik samimiy kulgu nafaqat umrni uzaytiradi, balki odamning o‘zi, ichki dunyosi haqida ko‘p narsalarni aytib ham beradi. Juftingiz xarakterining ayrim qirralari aynan uning tabassumi yoki kulgusi chog‘ida namoyon bo‘ladi.

    — Kulgusini tiyib tura oladigan erkaklar odatda ishonchli, xotirjam, mulohazali va jiddiy bo‘lishadi. Bunday erkaklar nikohda sadoqatli. Lekin bunaqangilar bilan ayollarga juda zerikarli.

    — Agar erkak zavq bilan xandon otib kulsa, ayniqsa ko‘zlarini qisib, o‘zini orqaga tashlasa bilingki, oldingizda shamol kabi beqaror odam turibdi. Bundaylar ayollarga yengiltaklik bilan munosabatda bo‘ladi. Ular bilan muloqot maroqli va g‘oyat quvnoq kechishi mumkin. Lekin biror bir jiddiylik kutish yaramaydi.

    — Og‘zining tanobi qochib, xoxolab kuladigan erkak odatda “ko‘ylak bilan tug‘ilgan yigit”, davraning joni. U o‘tkir zehnli, erkin, ammo intellektual bilimi hamin qadar: undan yaqindagina o‘qigan kitob haqidagi fikrdan ko‘ra, oldi-qochdi latifa eshitish mumkin.

    — Agar sizning suhbatdoshingiz tabassum o‘rniga og‘zini qiyshaytirib, mazaxsirasa, bilingki, ro‘parangizda qo‘pol va terisi qalin kishi turibdi. U yolg‘onga moyil va ma’lum vaziyatda shafqatsizlik namoyon etishi mumkin. Bunday erkaklar tashqi ko‘rinishidan ko‘pincha samimiydek tuyuladi.

    — Agar kulayotgan erkak og‘zining chap tomoni o‘ng tomonga nisbatan harakatchan bo‘lsa, bu odam yuqori darajada halol, tartibli, lekin shu bilan birga ichimdagini top va yumor hissiga ega. Unga ishonsa bo‘ladi. Bunday erkak har qanday ayolni baxtiyor qila oladi.

    » » Juftingizning kulishiga qarab xarakterini bilib oling