18:35 / 10.12.2018
4 528

Kun davomida ko‘prog‘iga ulgurish: foydali maslahatlar

Kun davomida ko‘prog‘iga ulgurish: foydali maslahatlar
Zamonaviy dunyoda har birimiz doimiy ravishda vaqt yetishmasligi rejimida yashayapmiz. Sutkada 24 soat bor, biroq vaqtni yetkazib bo‘lmaydi. Ish shu darajada ko‘pki, ularni qayta bajarishga vaqt yo‘qdek tuyuladi. Bariga ulgurishga yordam beradigan layfxaklar bilan bo‘lishamiz.

Vazifalar ro‘yxati

Uni har kuni tuzing. Ro‘yxatga aynan bugun bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar kiritilishi lozim. Amalga oshirilgan ishlarni ro‘yxatdan o‘chiramiz.

Barcha narsada tartib bo‘lishi lozim

Barcha buyumlar, idora hujjatlari bir joyda tursa, vaqtingizni ancha tejaysiz. Hujjatlarni papkalarga ajrating. Ana o‘shanda ularni izlash va buning uchun qimmatli vaqtni sarflashga to‘g‘ri kelmaydi. Ish kunining oxirida ish stolingizni tartibga keltiring.

Foto: Pexels
Nostandart fikrlar

Ko‘pincha ish — standart vazifalarni muayyan ketma-ketlikda bajarishdir. Tabiiyki, bir zayldagi monoton ish juda tez jonga tegadi. Ish kuningizga biroz bo‘lsa-da xilma-xillik berish uchun berilgan vazifalarni boshqa usullar bilan bajarishga harakat qiling.

Ishlarni ortga surmang

Ko‘pincha ishxonada hamkasblar bilan choy ichamiz, ijtimoiy tarmoqlarda o‘tiramiz, keyin esa nima uchun vaqt yetishmasligi borasida hayratga tushamiz. Dastlab barcha belgilangan vazifalarini bajarishga harakat qiling, keyin esa hordiq uchun vaqt ajrating.

Foto: Pexels
Mashg‘ulotlarni almashtirish

Agar uzoq vaqt davomida kompyuter oldida o‘tirgan bo‘lsangiz, endi biroz turgan holatda ishlang. Faoliyatni o‘zgartirish dam olish uchun yordam beradi.

Rejim

Biroz g‘alati, biroq rejim yanada unumli ishlashga yordam beradi. Tongda va kechki payt bir xil vaqtda uyg‘onishga va uxlashga harakat qiling. Organizmingiz buning uchun sizga rahmat aytadi. Ish unumdorligi esa sezilarli darajada ortadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kun davomida ko‘prog‘iga ulgurish: foydali maslahatlar