16:16 / 12.12.2018
5 222

Bir qiz istagi...

Bir qiz istagi...
"Kishi uylanish bilan dinining yarmini barpo qiladi, qolgan yarmi uchun esa, Allohga taqvo qilsin”. Men ko‘p narsa xohlamayman, faqat dinimning yarmini barpo qiladiganim, turmush o‘rtoq so‘rayman Robbimdan.

Aël besh vaqt namozini o‘qisa, nomusini saqlasa, eri bilan yaxshi turmush kechirsa, o‘zi istagan eshikdan jannatga kiradi.

Jannatning o‘zim istagan eshigidan erim bilan birgalikda kirishni istayman.

Hozirgi qizlar juda ham serxarj ekan. Oltin, uy uchun oxiri ko‘rinmaydigan mebellaru har turli kerakli-keraksiz ashqol-dashqollar... Erkaklar doimo yelib yugurishga majbur bu narsalarga pul topish uchun. Oltin, kumush farqi yo‘q, bir nikoh uzugi va uy uchun zarur bir qancha ashëlardan tashqari narsalarning keragi yo‘q menga. Uyga olinadigan ashëlarning moddiy tomoni mening va erimning bo‘yniga tushadi. Tabiiyki, erimning xaëli doimo pulda, pul topa olmasa kimdandir qarz olishda bo‘ladi, balki qo‘shimcha ishlashiga to‘g‘ri keladi. Er doim asabiy. Men oilamda huzur xohlayman.

Bilasizmi, mening xaëlimdagi uy shunday: bir ëtoqxona, o‘zimiz o‘tirib Islom dinidan qilinadigan suhbatlar uchun bir xona, yana kichkina masjidi, kutubxonasi bor va Robbimiz bilan ëlg‘iz qoladigan bir xona. Men uchun bu xonalarning ichida qanday mebel bo‘lishi emas qanday qalb bo‘lishi muhim.

To‘y, qizlar bazmi, yana qanchadan qancha keraksiz xarajatlar – bular barchasi o‘zini ko‘rsatish, ko‘z-ko‘z qilish uchun. Hozirgi kunda bo‘laëtgan to‘ylar gunoh uyasi bo‘lib ketgan. Bu esa dinimizga teskari.

“Bir qo‘y so‘yib bo‘lsa ham ziëfat ber”

Payg‘ambar alayhissalom Abdurahmon ibn Avfga buyurgani kabi sunnat amalni bajarishni istayman men. Mahrim ham haj bo‘lsin. Robbim nasib qilsa, boraylik o‘sha muborak joylarga. Gunohlardan tozalanib, huzur olib kelaylik. Qalbimiz Alloh deya ursin. Buning nimasi ëmon?

Erim qanday bo‘lsin...

Pok bo‘lsin, ko‘zlarida boshqa birovning izi bo‘lmasin, ko‘ziga ko‘z tegmagan bo‘lsin. Men ko‘zlarimni uning uchun saqlayapman.

Zotan, dinimiz bizga shuni buyurmaydimi? Ilk va oxirgi marotaba erimni yaxshi ko‘rishni istayman.

Men erimga “o‘zimni hech kimga ochib ko‘rsatmadim, sen egasi bo‘lgan qalbim kaliti sening qo‘lingda” deb aytishni istayman.

Hozirda turmushga chiqqanimdan keyingi orzu qilgan haëtim ko‘z oldimdan o‘tmoqda. Sochlarimga, o‘zimga oro berish uchun ko‘zgu qarshisidaman. Chunki oilasi bag‘riga Robbimning omonati huzur topish uchun kelyapti. Eshik qo‘ng‘irog‘ini bosishidan oldin ochaman eshikni. Uning yaxshisini oshirib, ëmonini yashiraman, unga qarshi ovozimni ko‘tarib gapirmayman, o‘zimni doimo toza tutaman, eng chiroyli kiyimlarimni uning uchun kiyaman, eng mazali taomlarni pishirib oldiga qo‘yaman. Eng ko‘p sog‘inganim esa Robbimiz huzurida turmush o‘rtog‘im imomimiz bo‘lsin, orqasida men va bolalarimiz birga turaylik. Mana shunday narsalar istayman Robbimdan.

Turmush o‘rtog‘imning pok qalbi bo‘lsin, insonlarni baxtli qilish uchun g‘ayrati jo‘sh ursin. Qo‘lni qo‘lga berib Robbimiz roziligiga erishish uchun harakatda bo‘laylik. Tili shirin bo‘lsin. Har inson xato qiladi, men ham xato qilaman. O‘sha xatolarimni tuzatishimga shirin tili bilan ërdamchi bo‘lsin. Bir-birimizga ëmon gap gapirmaylik, oramizdagi sevgi va hurmat kamaymasin. Aytishadiku sevgi o‘simliklar nomi bilan boshlanadi, hayvon nomlari bilan tugaydi. Bizning oilamizda shunday bo‘lmasin.

Menga “Men sendan roziman. Alloh ham sendan rozi bo‘lsin” desin. Bundan ortig‘i menga kerak emas. Men shuni istayman Robbim. Ko‘nglimdagi istaklarimning xayrlilarini menga nasib et, ko‘nglimni menga xayrli bo‘lganga rozi qil.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bir qiz istagi...