23:41 / 13.12.2018
3 747

Eng muhim ishlarni uyg‘ongan zahoti bajargan ma’qul ekan

Eng muhim ishlarni uyg‘ongan zahoti bajargan ma’qul ekan
Tadbirkor Tomas Oppong o‘zining Medium’dagi blogida unga kun davomida unumli ishlashda yordam beradigan narsalar haqida gapirdi. U yumush va vazifalarni uyg‘ongan zahoti bajarish muhim ekaniga ishonadi.

Har kuni tongda dastlab eng zarur ishlarga kirishing. Ishga to‘liq ishtiyoq bilan kirishishdan ortiq yoqimli narsa bo‘lmasa kerak. Bu hisni paydo qilishning eng oddiy usuli — uyg‘ongandan keyingi ilk soatlarda eng kerakli vazifalar ustida ishlash.

Uzoq muddatli maqsadlaringiz uchun hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmagan ishlarni chetlab o‘tishga o‘rganing. Bu kabi mashg‘ulotlar — masalan, chatda xabarlarga javob berish yoki elektron pochtani tekshirish — sizni chalg‘itadi va birlamchi ishlarni bajarishga qo‘ymaydi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tanaffusdan keyin yana ishga kirishish uchun o‘rtacha 23 daqiqa talab etilar ekan. Haqiqatdan ham, muhim vazifalarga vaqt ajrating.

Erta turing

Vanderkam kompaniyasi 20 ta tadbirkor o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazgan. Ulardan 90 foizi ish kunlari tongda soat oltidan oldin uyg‘onishlarini aytishgan.

Masalan PepsiCo bosh direktori Indra Nuyi soat 4 da uyg‘onadi, ofisga esa soat 7 dan kech kelmaydi. Disney bosh direktori Robert Ayger mutolaa bilan shug‘ullanish uchun soat 4:30 da uyg‘onadi. Square bosh direktori Jek Dorsining soati 5:30 da jaranglaydi, ana shu vaqtda u yugurishga otlanadi.

Uyg‘ongandan keyingi ilk soat — muhim loyihaga diqqatni qaratish uchun a’lo vaqt.

Kuningizni uyqudan keyingi ilk soatlarda rejalashtirmang

Haqiqiy ish bilan shug‘ullaning. Dushanba kunlari tongda ancha faolsiz. Dam olish kunidan keyin quvvatingiz ortgan va uni istiqbolli yo‘nalishlarga qaratish mumkin. Qimmatli vaqt va kuchingizni kunni rejalashtirishga sarflamang, buni kechki payt amalga oshiring.

Bajarish vaqtini ko‘rsating

Agar kunni vazifalar ro‘yxatini tekshirishdan boshlashga qaror qilgan bo‘lsangiz, har birining ro‘parasida uni bajarish vaqtini ko‘rsating. Ana o‘shanda har bir mashg‘ulot uchun qancha vaqt sarflanganini tushunasiz.

Dastlab eng yoqimsizlari

Brayan Treysining «Qurbaqani yeyish» texnikasi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Unga ko‘ra, tongda dastlab eng yoqimsiz ishni yakunlash, ya’ni qurbaqani yeyish lozim. Ideal ko‘rinishda siz bu vazifani kechki payt aniqlab qo‘yasiz.

Eng muhim ishni bajargach kuchingiz yanada ortganini his etasiz.

Siz rejani kecha kechki payt tuzdingizmi?

Ofisdan ketishdan avval ertangi kun uchun uchta ishni yozaman. Ularni bajarishga tongda kirishaman. Bu menga eng muhim ishlarga kirishishda yordam beradi.

Ishoning, kechki payt rejalashtirish tongda kuch va vaqtni tejaydi hamda zo‘riqish darajasini kamaytiradi. Buni bugun sinab ko‘ring. Agar natijalar sizga ma’qul bo‘lsa, buni hafta davomida takrorlang. Ana o‘shandan keyin «rejalashtirishni uyqudan oldin bajarish»ni kundalik ishlar ro‘yxatiga kiritish haqida bir to‘xtamga kelasiz.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Eng muhim ishlarni uyg‘ongan zahoti bajargan ma’qul ekan