13:57 / 18.12.2018
5 078

"Elligimda ko‘nglimga ega chiqdi"

"Elligimda ko‘nglimga ega chiqdi"
— Assalomu alaykum, azizlar! Behisob shukrlar bo‘lsinki, qo‘llarim yana qalam tutishga qodir, oyoqlarim yerning past-balandini his etyapti.

Bundan bir necha oy oldin yuragim xuruj qilib, og‘ir dardga mubtalo bo‘lgandim. Tamoman harakatdan to‘xtagandim. Kunu tun boshimda parvona ayolimdan cheksiz munnatdorman. Kishining yoshi o‘tgandan so‘ng kimgadir ko‘ngil qo‘yishini ahmoqlik deb bilardim. Lekin aynan o‘zimda shunday holat sodir bo‘ldi. Ellikdan oshganimga qaramay turmush o‘rtog‘im bilan shu vaqtgacha ko‘ngilsiz yashab o‘tdim. O‘g‘il-qizim bo‘lsa ham, ro‘zg‘orimni guldek yashnatib qo‘ysa ham unga nisbatan qalbimda zarracha iliqlik his qilmaganman.

«Erkak kishini ko‘cha uchun yaratgan», degan gapga yopishib olgandim. Ishga erta ketib, yarim tunda kelardim. Oilamni hech kimdan kam qilmaslik uchun jonimni berganman, ammo shu paytgacha ayolimga ko‘ngil qo‘ymaganman. Qovog‘imdan qo‘rqadigan ayolim turmush qurganimizga o‘ttiz yil bo‘libdiki, hali biron marta ko‘zimga tik qaramabdi endi o‘ylasam!..

Buni to‘shakka mixlanib qolgach bildim. Do‘stlarim tark etdi, og‘a-inilarim vaqt topolmadi, hatto bolalarim malollana boshladi. Lekin necha yillar ayollik qadrini xonadonimdan topmagan ayolim oyoqqa turishim uchun jonini fido qildi. Ayni damlarda mazmunsiz o‘tgan umri uchun boshimni egaman. Elligimda ko‘nglimning egasiga aylangan ayolimni umrimning oxirigacha kaftimda asrayman…
ABDUMANNON
Toshkent shahri

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » "Elligimda ko‘nglimga ega chiqdi"