22:00 / 18.12.2018
5 065

«Hechdan ko‘ra kech bo‘lsa ham anglab yetdi»

«Hechdan ko‘ra kech bo‘lsa ham anglab yetdi»
“Qo‘ysang-e-e, hayotida bir marta bo‘ladigan to‘y, xohlagancha yayrab olsin, ZAGS qiladimi, artist keladimi, nima qilasan aralashib“, degandi bir aka, bir necha yillar oldin.

Men, qayerdan bilasiz hayotida bir marta bo‘lishini degandim, oradan 5 oy o‘tib, u to‘yning video kassetasini ham, u to‘ydagi xotiralarni ham o‘chirishdi, kim o‘sha to‘y haqida gapirsa, gapirma bo‘ldi, keragi yo‘q, deyishgacha bordi, u to‘y uchun qolgan to‘ylarga nisbatan 5 barobariga ko‘p pul sarflangandi, kelin G‘ayrat Usmonovni yaxshi ko‘radi ekan deb, to‘yiga olib kelishgandi, o‘sha davrda Mersedes 600 da, faqat boylar ZAGSga chiqar edi, bularning to‘yiga shu mashinadan naqd 18 ta chiqqan edi, hamma to‘yni uyida qilsa, men restoranda qilaman deb, restoranda qilgan edi.

Ammo shuncha xarajat, shuncha orzu havas, baxtli bo‘lishiga sabab bo‘lmadi, baxt pulda emasligini, ajrashgandan so‘ng anglab yetdi, baxt restoranda emasligini, xotini milisaga bergandan so‘ng anglab yetdi, baxt artistda emasligini, xotinini yigiti borligini bilgandan so‘ng anglab yetdi, hechdan ko‘ra kech bo‘lsa ham anglab yetdi, ammo u xotin anglamadi.
Mustafo BAXTIYoR

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » «Hechdan ko‘ra kech bo‘lsa ham anglab yetdi»