22:48 / 25.12.2018
4 488

G‘or va oltinlar...

G‘or va oltinlar...
Bir podshoh yarim kecha o‘z qo‘shini bilan bir g‘ordan o‘tib borar ekan, “Oyog‘ingiz ostida uchragan narsalardan olib keting” deya amr qildi. Qo‘shindagilardan bir guruhi: “Ko‘p yurdik, juda charchaganmiz, endi kechasi bilan oyog‘imizdagi narsalarni ham yig‘amizmi?” – deb hech nima olmadilar.

Ikkinchi bir guruh: “Podshohimiz aytgan ekan, bir oz to‘play qolaylik, buyruqqa qarshi chiqmaylik. Zero, podshohga bo‘ysunish kerak”, – deb ozgina narsa oldilar. Uchinchi guruh esa: “Podshohimiz bejizga bunday demadi, bunda qandaydir hikmat bo‘lishi kerak”, – deya to‘rvalarini to‘lguncha qo‘lga ilingan narsalar bilan to‘ldirdilar.

Kun yorishganda qarasalarki, oltin konining yonidan o‘tgan ekanlar. Oyoqlariga tekkan narsalar esa oltin bo‘lgan ekan. Buni bilganlarida esa, hech narsa olmagan birinchi guruh: “Eh, nega olmadik-a!? Nega podshohimizning gapiga kirmadik, qaniydi olganimizda... Bitta bo‘lsa ham olganimizda edi”, – deb pushaymon bo‘ldilar.

Ozgina olgan ikkinchi guruhdagilar: “Eh, yana ozgina olsak edi. Cho‘ntaklarimizni, xaltalarimizni to‘ldirsak bo‘lar ekan...” – deb qolishdi. Ko‘p olgan uchinchi guruh esa: “Koshki keraksiz narsalarimizni tashlab yuborib, ko‘proq olganimizda edi. Hamma narsalarimizni to‘ldirganimizda edi. Bundan ham ko‘proq olib qolganimizda edi...” – deya ko‘p olganlariga qaramay yanada ko‘proq olmaganiga afsuslanishibdi.

Qissadan hissa

Rivoyatda keltirilgan Podshoh – Allohdir! Qo‘shin – bandalar, g‘or – bu dunyo, qorong‘ulik – hayotimiz, oltinlar – solih amallar va savobli ishlardir! Kun yorishishi – Qiyomat kunidir.

Alloh taolo hammamizga namoz o‘qing, solih amal qiling deb buyuryapti. Bandalarni bir qismi xuddi birinchi guruhga o‘xshab, namoz nima kerak, savob nima kerak deb o‘zboshimchalik qilib gunoh qilishda davom etmoqda. Boshqa bir guruh bandalar ixlosi, Oxiratga, Jannat va Do‘zahga ishonmasada Allohni aytgani yoki odamlar ko‘zi uchun kam-kam bo‘lsada nimadir savob ishlarni qilib qo‘yishyapti. Uchinchi guruh bandalar esa Allohni buyrug‘iga to‘liq amal qilib savob va solih amallar ustida. Bir kun g‘ordan chiqamiz, ya’ni Qiyomat qoyim bo‘lib bu dunyoda Alloh buyurgan amallar qanchalar qiymatga egaligini tushunamiz. Lekin unda afsus qilganimiz bilan kech bo‘ladi. Alloh buyurdimi, demak hikmati va foydasi bor.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » G‘or va oltinlar...