08:20 / 27.12.2018
6 734

Olimlar erta vafot etish xavfi kimlarda yuqori ekanini aniqlashdi

Olimlar erta vafot etish xavfi kimlarda yuqori ekanini aniqlashdi
"AQShdagi Dyuk universiteti olimlari X (38-45 yoshgacha bo‘lganlar) va Y (27-37 yosh) avlod vakillari, shuningdek 20-asr o‘rtalarida tug‘ilgan odamlarning erta vafot etish ehtimoli yuqori bo‘lishini aytmoqda", – deb yozadi "Science Daily" nashriga tayanib Turon24.

Olimlarning ta’kidlashicha, 2008 yilgi jahon iqtisodiy inqirozi davrida X va Y avlod vakillari 25-43 yosh atrofida bo‘lgan. Ular ish topish bilan bog‘liq jiddiy muammolarga duch kelgan, bu esa ularning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

“Jamiyatshunoslar va siyosatchilar yosh avlodning qanday moliyaviy yukni ko‘tarib yurganini biladi, shunga qaramay ularning erta vafot etish darajasiga yetarlicha e’tibor berishmaydi”, – deb ta’kidlashdi tadqiqot mualliflari.

Tadqiqotchilar AQShning kasalliklarni nazorat qilish va ularning oldini olish markazlarining 1990 – 2016-yillardagi ma’lumotlarini tahlil qildilar.

Ma’lum bo‘lishicha, X va Y avlodlar o‘limining asosiy sabablari o‘z joniga qasd qilish, giyohvandlik, spirtli ichimliklar ichish oqibatida kelib chiquvchi kasalliklar, diabet, saraton va yo‘l-transport hodisalari ekan.

20-asr o‘rtalarida tug‘ilgan avlodlar orasida esa yo‘l-transport hodisasi, giyohvandlik, jinoyatlar, o‘z joniga qasd qilish, OITS va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi oqibatida o‘lish xavfi yuqori ekan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar erta vafot etish xavfi kimlarda yuqori ekanini aniqlashdi