Shirin gazli ichimliklarni xush ko‘ruvchilar nafaqat semizlikka, balki og‘ir buyrak xastaliklariga ham duchor bo‘lishlari mumkin. Bu haqda xorij matbuotiga tayanib Sof.uz ma’lum qildi.
Keysi Rebxols o‘zining Baltimorda joylashgan (AQSh) Jon Gopkins universitetidagi hamkabslari bilan uch mingga yaqin afroamerikaliklarning so‘nggi 15 yil ichidagi hayotini kuzatib, shunday xulosaga kelishdi. Shu yillar ichida ularning 6 foizga yaqini surunkali buyrak kasalligi qurboni bo‘lishdi. Bu ekspertlarga kasallikning rivojlanishiga ko‘proq qaysi omillar ta’sir ko‘rsatishini kuzatishga imkon berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, gazli suv va boshqa shirinliklar kasallik rivojlanishining asosiy omillari bo‘lishgan. Shunga o‘xshash mahsulotlar ko‘p iste’mol qilgan eksperiment ishtirokchilari o‘rtacha 61 foizga ko‘proq buyrak faoliyatidagi yetishmovchilik va surunkali buyrak kasalligiga giriftor bo‘lishgan.
Olimlarning ishonchi komilki, olingan natija shirinroq qilingan ichimliklar savdosini qonun bilan cheklash yoki ularga qo‘yilgan soliqlarni oshirish kerakligidan dalolat beradi. Shu kabi choralar tufayli semizlik tarqalishini oldini olish va buyrak xastaligiga chalingan insonlar sonini kamaytirish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?