Odam bolalikdan xursandchiligini to‘plab borsa, zo‘riqishni yaxshi yengishi haqida bilarmidingiz? Masalan, bolalikda shokoladni darhol yeb qo‘ymay, bo‘laklarga ajratib bir hafta davomida iste’mol qilgan bo‘lsangiz, aynan mana shunday odamlar toifasidansiz.
Biror ko‘nikma odatga aylanishi uchun miyaga 66 kun kerak bo‘ladi. Shunday ekan, to‘g‘ri ovqatlanishga o‘tishga qaror qilgan bo‘lsangiz, bu ko‘nikma mustahkamlanishi uchun ikki oydan ortiq vaqt talab etiladi.
Odamda bo‘lishi mumkin bo‘lgan do‘stlarning maksimal soni - 50.
Biz vaziyatni emas, o‘zga insonni ayblashga odatlanganmiz. Biroq biz bilan biror voqea sodir bo‘lsa, o‘zimizni oqlash uchun mos keluvchi bahona izlaymiz. Eslab ko‘ring, do‘stlaringizdan biri uchrashuvga kech qolsa, uni xayolingizda tartibsizga chiqarasiz. Biroq bu holatga o‘zingiz tushsangiz, ko‘chadagi tirbandlik yoki sekin yurgan avtobus aybdor bo‘ladi. Mazkur xulq-atvor “atributsiyaning fundamental xatosi” deb nomlanadi. Nohaq ekanimizni tushunsak-da, baribir ushbu usulni qo‘llayveramiz.
Baxtni kutish holatidagi odam ijobiy hislarni ko‘proq boshdan kechiradi. Olimlar hayotdagi ulkan hodisani kutish juda yorqin va tuyg‘ular bilan kechishini aniqlashgan. Orzu qilingan hodisalar haqiqatga aylanganida ancha xotirjamlik bilan qabul qilinadi.
Odamlar xatar va oziq-ovqat yonidan e’tiborsiz o‘tib ketolmasligi aniqlangan. Hech kuzatganmisiz, yo‘l hodisasi sodir bo‘lgan joyda kuzatuvchilar soni doim ko‘p? Yoki do‘kondagi eng ko‘p navbat kutish qatori yangi pishiriqlar bo‘limida bo‘ladi. Demak, bu miyamizning odamning eng asosiy ehtiyoji – ovqat va xavfsizlikka nisbatan tabiiy reaksiyasi.
Eng oxirida esa eng taniqli fakt: miyamiz uxlayotganimizda ham ishlaydi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?