09:36 / 01.01.2019
32 036

"Quyon" muchali sohiblari uchun 2019 yil qanday kechadi?

"Quyon" muchali sohiblari uchun 2019 yil qanday kechadi?
Quyon: (1903, 1915, 1927, 1939, 1951, 1963, 1975, 1987, 1999, 2011)

UMUMIY TA’RIF
Quyon muchali vakillari 2019 yildan sira qo‘rqmasalar bo‘ladi. To‘ng‘iz yili sizni har jabhada qo‘llab-quvvatlashga shay turibdi. Tadbirkorlar aynan to‘ng‘iz yilida uzoq muddatli foydali shartnomalarga imzo chekadi. Faqat hamkorlar tarafidan taqdim etiladigan shartnoma shartlari bilan obdon tanishib chiqing.

Yangi yilda salomatligingizga jiddiy e’tibor qaratishingizga to‘g‘ri keladi. Yelvizakdan qoching, shamollashdan saqlaning.
Oilangizda sokinlik va ahillik hukm suradi. Yolg‘izlar uchun yangi yil romantik uchrashuvlar va ehtirosli lahzalarni hadya etmoqchi.
SALOMATLIGI
To‘ng‘iz yilida quyon muchalida tavallud topganlarning oshqozoni muammo tug‘dirishi mumkin. Bunga birinchi navbatda o‘zingiz aybdor bo‘lasiz. Ovqatlanish rejimi va me’yoriga amal qilmaslik oqibatda oshqozon-ichak tizimida jiddiy muammolarni yuzaga keltiradi. Agar ortiqcha vazndan bezovtalanayotgan bo‘lsangiz, yangi yilning birinchi kunidan sport bilan shug‘ullanishni boshlang.

Zararli odatlar hisoblangan chekish va spirtli ichimliklar iste’molidan qat’iyan voz keching. Shunda yil bo‘yi salomatligingiz a’lo darajada bo‘ladi.
AYoLLAR
Yangi yil birinchi navbatda sizga xush kayfiyat baxshida etadi. Faqat to‘ng‘iz yilida tashqi ko‘rinishingizga ba’zi o‘zgartishlarni kiritishingiz tavsiya etiladi.

Soch turmagingizga ijobiy o‘zgartishlar kiritsangiz, juftingiz, yoki bo‘lg‘usi juftingiz albatta sizga yanada kuchliroq muhabbat bilan boqa boshlaydi. Oila qurmaganlar qarama-qarshi jins vakillariga nisbatan yanada muloyim va iliq munosabat yuritishlari, do‘stlar sonini ko‘paytirishlari kerak. Fitnes klubga qatnay boshlasangiz, husningizga husn, baxtingizga baxt qo‘shilishi tayin.
ERKAKLAR
Quyon muchalida tug‘ilgan erkaklar hayotida yangi yilda tub o‘zgarishlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Masalan, oila qurmaganlar baxtini uchratishi va unga erishishi uchun jiddiy sabablar ko‘ndalang bo‘ladi. Faqat uni o‘z vaqtida ilg‘ay bilsangiz bas. Ishda ham, shaxsiy hayotda ham ehtiyotkorlikni me’yordan oshirib yubormasligingiz tavsiya etiladi. Dangasalik yangi yilda sizga do‘stlik qilmaydi. Pul topish, oilada farovonlik hukm surishi uchun faol bo‘lishingiz lozim.

2019 yili ko‘pchilik erkaklarning mavqesi oshishi kutiladi. Moddiy ahvolingiz siz istagan darajaga yetishiga shubha yo‘q. Lekin yil davomida dam olishni ham unutib qo‘ymang. Aks holda eng muhim rejalaringizni haqiqatga aylantirishda oqsashingiz kuzatilishi hech gap emas.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » "Quyon" muchali sohiblari uchun 2019 yil qanday kechadi?