23:05 / 03.01.2019
6 824

Tushingiz ta’birini bilishni istaysizmi?

Tushingiz ta’birini bilishni istaysizmi?
MOY: Tushda badaningizga moy surtilgan bo‘lsa, o‘zingizga yoqmagan bir odam bilan safarga chiqasiz. Lekin u odam sizni ranjitmaydi.
Agar moy to‘la idish ko‘rsangiz, pul yo‘qotishingiz xavfi bor.

QO‘NG‘IZ: Tushda badaningiz uzra qo‘ng‘iz o‘rmalab ketayotgan bo‘lsa, qashshoqlik va mayda ko‘ngilsizliklarni boshdan kechirasiz. Badaningizda o‘rmalayotgan qo‘ng‘izlarni o‘ldirsangiz, yaxshilikka erishasiz.

TAShNALIK: Tushingizda chanqaganingizni his etsangiz, bajarish juda og‘ir bo‘lgan bir ishga qo‘l urasiz. Tashnalikni qondirsangiz, ko‘plab orzularingiz haqiqatga aylanadi. Qarshingizda chanqagan odamlarni ko‘rsangiz, badavlat, obro‘li odamlar bilan tanishasiz.

ShAFQATSIZLIK: Tushda sizga kimdir shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lsa, shaxsiy hayotda ko‘ngilsizliklarga duch kelasiz, xavotirlar sizni qurshab olishi kutiladi. Agar boshqa bir odamga shafqatsizlik qilishsa, nafaqat u odam, balki siz ham yo‘qotishlarga yuz tutasiz.

HASAD: Kimgadir hasad qilsangiz, yangi tanishuvlarni boshdan kechirasiz. Do‘stlaringiz soni ortadi. Agar sizga kimdir hasad qilsa, do‘stlardan biri gapirgan qo‘polroq bir gapingizni yuragiga yaqin olib sizdan ranjishi mumkin.

MAHBUS: Tushda mahbusni ko‘rish baxtsizlik, kasofat va yoqimsiz xabarlarni anglatadi. Agar o‘zingiz mahbusga aylansangiz, bu xavotirlar, qaysidir ish tufayli siqilish, g‘am chekish demakdir. Ayol kishi erini mahbus kiyimida ko‘rsa, unga nisbatan ishonchi yo‘qola boradi.

QULF: Tushda qulfni ochsangiz yo yopsangiz, kimdir sizga yomonlik qilishi mumkin. Kimnidir sevsangiz, tushda qulfni ko‘rish yaqin orada birgalikda safarga chiqishingizni anglatadi. Qulf buzilgan bo‘lsa, muhabbatda ko‘ngilsizliklarga uchraysiz, kamsitishlarga yuz tutasiz.

DORI: Tushda dori ichsangiz, shaxsiy hayotingizda mayda ko‘ngilsizliklar yuzaga keladi. Juda achchiq, yoqimsiz dori ichsangiz, jiddiy xastalikka uchrashingiz, g‘am va yo‘qotishlarga yuz tutishingiz kutiladi.

Manba: "Hordiq"

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tushingiz ta’birini bilishni istaysizmi?