21:30 / 05.01.2019
21 179

Maymun muchalida tug‘ilganlarni 2019 yilda nimalar kutmoqda?

Maymun muchalida tug‘ilganlarni 2019 yilda nimalar kutmoqda?
Maymun: (1908, 1920, 1932, 1944, 1956, 1968, 1980, 1992, 2004, 2016)

UMUMIY TA’RIF
Maymun muchalida tavallud topganlar uchun 2019 yil ajoyib tarzda boshlanadi. Omad siz tomonda, orzularingiz ketma-ket haqiqatga aylana boradi. Shaxsiy biznesingizni ochish, oilasiz bo‘lsangiz, oila qurish uchun ham to‘ng‘iz yili qulay, xayrli keladi.

Ayniqsa, yoz hamda kuz boshlarida omadingiz kelishi belgilab qo‘yilgan. Ish izlayotganlar mo‘may daromadli ish topishga muvaffaq bo‘ladi. Ishi borlar esa hamkasblar bilan munosabatlarni yanada mustahkamlashadi, rahbarlar ishonchini qozonishadi.

Agar pulni kerak-nokerak narsaga sarflayvermasangiz, moddiy ahvolingiz ham 2019 yilda yomon kechmaydi. Salomatlik masalasida esa asablaringiz jabr ko‘rishi kutiladi. Ba’zilar yil davomida bosh og‘rig‘i, immunitet tushishi, holsizlikdan bezovtalanishlari mumkin.

SALOMATLIGI
Yuqorida ta’kidlanganidek, maymun muchali vakillarining aksariyati jismoniy va ruhiy zo‘riqishlar tufayli asablar qaqshashidan azob chekishlari kutilmoqda. Lekin bir narsani hisobga oling. Salomatligingiz o‘z qo‘lingizda. Xudodan tilash bilan cheklanmasdan, o‘zingiz ham harakatlar sodir etishingiz lozim. Ko‘p ishlaydiganlar dam olishga ham alohida o‘rin berishlari kerak.

Ayrimlar esa uyqusizlikdan qanday xalos bo‘lishni bilmay qiynalishlari mumkin. Bo‘yin va umurtqa pog‘onangizda muammolar yuzaga kelish ehtimoli bor. Ammo davolanishda o‘z bilganingizcha yo‘l tutmang. Albatta mutaxassisga murojaat eting.

AYoLLAR
Maymun muchalida tug‘ilgan ayollar tabiatan quvnoq, odamshavanda. Shu odatlaringiz 2019 yili ish beradi. Ko‘plab tanishlar orttirasiz. Hayotingizda quvonchli lahzalar ko‘p bo‘ladi. Ammo yil davomida haqiqat izlab, emotsiyani jilovda ushlay bilmay ko‘p asabiylashishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Biling, bu holatlar oqibatda depressiyaga olib keladi. Doimo yuz berayotgan voqea-hodisalarga xotirjam baho berishga harakat qiling. Turmushga chiqmaganlar yil bo‘yi albatta orzusidagi insonning e’tiboriga tushadi. Oilasi borlarning baxti to‘kis bo‘ladi inshoolloh.

Mas’uliyati yuqori bo‘lgan ishlarda ishlovchi ayollar yil o‘rtalariga borib mavqeini yanada mustahkamlash imkoniga ega bo‘ladi. Moliya masalasida xaridlarning ketidan quvmang. Tejamkor bo‘ling.

ERKAKLAR
Erkaklarimiz ham muvaffaqiyatlardan quruq qolishmaydi. Iste’dodingiz, qobiliyatingiz, to‘g‘riso‘zliligingiz va intiluvchanligingiz sizga ham mavqe, ham obro‘, ham moddiy to‘kinlik olib keladi. Oilasi borlar ro‘zg‘or tashvishlarini o‘z zimmalarida ushlashga, muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga odatlansalar yomon bo‘lmaydi. Professional kasbingiz bo‘yicha malakangizni oshirishga ham to‘ng‘iz yilida alohida vaqt ajrating.

Oilasizlar orzusidagi insonni uchratishadi. Faqat ularning ishonchini yo‘qotish uchun xizmat qiladigan harakatlar sodir etmasligingiz tavsiya etiladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Maymun muchalida tug‘ilganlarni 2019 yilda nimalar kutmoqda?