07:53 / 07.01.2019
17 088

"Tovuq" muchalida tug‘ilganlar uchun 2019 yil qanday kechadi?

"Tovuq" muchalida tug‘ilganlar uchun 2019 yil qanday kechadi?
Tovuk: (1909, 1921, 1933, 1945, 1957, 1969, 1987, 1993, 2005, 2017 yy)
UMUMIY TA’RIF
Agar tovuq muchalida tavallud topganlar 2019 yili emotsiyani jilovda tuta bilishsa, omad ham, muvaffaqiyatlar ham ularniki bo‘ladi. Agressivlik muhabbatda ham, ishda ham yuzingizni yerga qaratishdan boshqasiga yaramaydi. Ayrimlar muhabbatda tashabbuskor bo‘lganlari ham ma’qul.

To‘ng‘iz yilida aldanishlardan, tavakkalchilikka yo‘naltirilgan ishlarga aralashib qolishdan saqlaning. Bular sizni nafaqat inqirozga yuz tutdiradi, balki asab tizimingizni ham boy berasiz.

Yil o‘rtalariga borib oshqozon-ichak tizimingizda jiddiy muammolar yuzaga kelishi mumkin. Salomatlikni umumiy holatda mustahkam saqlash uchun tez-tez havo almashtirib turishingiz kerak bo‘ladi.

SALOMATLIGI
Yuqorida ta’kidlanganidek, 2019 yili oshqozon-ichak tizimingiz pand bera boshlashi kutiladi. Demak, ko‘chada gamburgerlar, umuman olganda, fastfudlar yeyishdan tiyilishingiz zarur. Bu taom nafaqat oshqozonga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, balki ortiqcha vazn, jigarda yog‘ to‘planishiga ham sababchi bo‘ladi. Buning o‘rniga ko‘proq sabzavotlar, mevalar iste’mol qiling. Go‘shtning yog‘siz turlarini sotib oling.

Jismonan faollik ham siz uchun juda foydali kechadi. Bir joyda ko‘p o‘tirib qolishga eng mustahkam salomatlik ham dosh bera olmaydi.

AYoLLAR
Tovuq muchalida tug‘ilgan ayollarimizga 2019 yil yangi va yoqimli emotsiyalarni hadya etishi kutilmoqda. Yangi uchrashuvlar, favqulodda takliflar hayotingizni yaxshi tomonga o‘zgartirib yuboradi. Yorqin hodisalar yo‘lingizda ko‘pchilikni tashkil etishi uchun atrofdagilar bilan munosabatlarda quvnoq bo‘lishingiz talab etiladi.

Oilali ayollarni yangi yilda xotirjamlik qurshab turadi. Ro‘zg‘ordagi mayda-chuyda kelishmovchiliklarni aytmasa, yilingiz garmoniyaga to‘liq holatda kechadi. Oila qurishga ulgurmaganlar esa yaxshi insonlar e’tiborini tortish harakatida bo‘lishlari lozim.

ERKAKLAR
Tovuq muchalida tug‘ilgan erkaklar kurashdan cho‘chishmaydi. Shuning uchun ular yangi yilda ham ko‘zlangan maqsadlarga sira qiynalmasdan yeta olishadi. Hayotning har jabhasida omad siz tomonda bo‘ladi.

Ishxonangizda ham rahbarlar nazaridasiz. Demak, 2019 yili martabangizni yuqorilatish haqida o‘ylab ko‘rsangiz ziyon qilmaydi. Bu yil shaxsiy biznesingizni ochish uchun ham qulay kechadi.

Shaxsiy hayotingiz jo‘shqinlikda o‘tishi kutilmoqda. Yolg‘on-yoshiq xabarlarga ishonib qo‘ymang. Bu oilangizda notinchlik yuzaga kelishiga sababchi bo‘ladi. Agar o‘z dunyosidan chiqib dunyoga real nazar tashlay olishsa, oilasizlarning baxti kulishi tayin.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » "Tovuq" muchalida tug‘ilganlar uchun 2019 yil qanday kechadi?