Hayotga o‘z holicha boqing

  • 10 yanvar 2019, 23:17
  • 1 473
  • Hayot tarzi
  • Hayotga o‘z holicha boqing
    Dunyo lazzatlarni ketkazuvchi, qiyinchilik va mashaqqatlarning koni, g‘am-tashvishlarga to‘la bir makondir. U xuddi bir botqoq, bir botsangiz, tipirchilagan sari botib ketaverasiz. Dunyoda ota-ona, xotin, do‘st, maskan yoki ish kabi lazzatlar ham bor, lekin baribir ko‘nglingizni xira qiladigan, siz yoqtirmaydigan holatlar uchrayveradi. Buning chorasi - dunyoning yomonlik haroratini yaxshilik yomg‘iri bilan pasaytirib turing. Shunda tugal najot topasiz. Tikon kirishi ham bejiz emas, axir.

    Bu dunyoda ziddiyat, turlilik, toifalar, yaxshi va yomon fikrlar, buzish va isloh, shodlik va g‘amlar yonma-yon, birga bo‘lishini Alloh xohladi. Jannatga barcha yaxshiliklarni, isloh va shodlikni tanladi, hamma yomonlik, fasod va g‘amlarni do‘zaxda to‘pladi.

    Voqelikka uyg‘un yashang. Xayollar otiga minmang. Mana shu ko‘rib turganingiz hayot sizning hayotingiz, shu hayotda parvoz qiling. Dunyoingizga o‘z holicha boqing, o‘zingizni unda yashashga ko‘ndiring. Dunyoda siz uchun vafodor do‘st va mukammal ish topilavermaydi. Chunki vafodorlik va mukammallik dunyoning xususiyati emas.

    Xotin sizni to‘ldirmaydi. Hadisda: “Mo‘min mo‘minaga (er ayoliga) g‘azab qilmasin. Chunki uning bir xulqini yoqtirmasa, boshqasiga rozi bo‘lar), deyilgan. Shunday ekan, to‘g‘rilaylik, jipslashaylik, kechirimli va oliyjanob bo‘laylik, yengilini olib, qiyinini tark qilaylik, ko‘z yumib ham turaylik, xato-kamchiliklarni tuzataylik, ba’zi ishlarga parvosiz bo‘laylik.
    “O‘kinma” kitobidan

    Manba: Azon.uz

    » » Hayotga o‘z holicha boqing