09:34 / 14.01.2019
6 236

Aksa urishning qanday foydasi bor?

Aksa urishning qanday foydasi bor?
Pensilvaniya universiteti olimlari odamning aksa urishi masalasida alohida tadqiqot tashkil etishdi. Tadqiqot yordamida odam uchun aksa urishning nima zarurati borligi aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, insonning burun ichkarisida shunday mayda mikroskop yordamidagina ko‘rsa bo‘ladigan tolalar mavjud ekan. Xuddi o‘shalar bizni aksa urishga majbur etadi.

Lekin bu jarayon shunchaki sodir bo‘lmaydi. Agar odamning burun ichkarisida shamollash alomatlari bo‘lsa, aksa urish yordamida burundagi barcha to‘qimalar funksiyasi yangilab olinadi. Unday shamollash alomati "Sinusit" deb ataladi. Bunga qadar to‘qimalar faoliyati sustlashib yoki yomonlashib, odam uchun xavfli holatlarni keltirib chiqarishga moyil bo‘lib qoladi. Aksa urganda xuddi o‘sha xavf ortga chekinadi. Burundagi to‘qimalar faoliyati me’yoriy holatiga qaytadi.

Qolaversa, aksa urish natijasida organizmdagi g‘uborlar tashqariga chiqib, biz yengil torta boshlaymiz.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Aksa urishning qanday foydasi bor?