21:53 / 16.01.2019
4 883

Yog‘li ovqat o‘t qopida tosh yig‘ilishini ta’minlashi isbotlandi...

Yog‘li ovqat o‘t qopida tosh yig‘ilishini ta’minlashi isbotlandi...
Yaqinda Xitoy vrachlari o‘ta yog‘li ovqatni xush ko‘rish oqibatida og‘ir ahvolga tushib qolgan bemor ayolning o‘t qopidan oz emas, ko‘p emas, naq ikki ming dona toshni olib tashlashdi.

Bemor Xitoyning Guychjou viloyati Guyyan shahrida istiqomat qilarkan. Kutilmaganda qorin qismida kuchli og‘riq tuygan-u, kasalxonaga g‘izillagan. Vrachlar bemorni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish asnosida o‘t qopi kattalashganiga guvoh bo‘lishdi. Zudlik bilan jarrohlik amaliyoti tashkil etildi. Jarrohlar bemor ayolning o‘t qopidan 2 ming dona toshni olib tashlashdi. Toshlarning hajmi turlicha bo‘lib, o‘rtacha kattalikdagilari 0,8 santimetrga teng edi.

Mutaxassislar darhol xulosa yasashdi. O‘t qopida tosh yig‘ilishiga birinchi navbatda yog‘li ovqat sababchi bo‘larkan. Van ismli bu bemor ayol hayoti davomida juda kam suv icharkan, ertalablari umuman nonushta qilmaskan. Kun davomida yog‘li ovqatlar, fastfud iste’mol qilarkan. Bundan tashqari, ko‘p uxlarkan va kam harakatlanarkan. Shu kunga qadar qorin qismida ko‘p marotaba og‘riq tuygan. Lekin oshqozon deb o‘ylab, vrach retseptisiz o‘zi bilgan dorilarni ichib yurgan.

Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli kechdi. Hozir bemor ayol asosiy muolajalarni olmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yog‘li ovqat o‘t qopida tosh yig‘ilishini ta’minlashi isbotlandi...