18:10 / 17.01.2019
6 246

Namozdan yordam oling

Namozdan yordam oling
"Ey imon keltirganlar! Sabr va namoz bilan (Mendan) yordam so‘ranglar! Albatta, Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir". ("Baqara" surasi, 214-oyat).

Agar sizga to‘satdan xavf-xatar kelib qolsa, boshingiz xafalikdan chiqmay qolsa yoki g‘am yoqangizdan olsa, shu zahoti namoz o‘qing. Shunda ruhingiz orom olib, nafsingiz xotirjam bo‘ladi. Alloh izni ila g‘am-anduh va tushkunlik asoratlarini bartaraf etishga namozning o‘zi yetarlidir. Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni biror ish tashvishga solsa: "Ey Bilol! Bizni namoz bilan rohatlantir", der edilar. Albatta, namoz u zotning ko‘z quvonchlari, saodatlari hamda shodliklari edi.

Solih salaflar hayotlari bilan tanishish maqsadida tarix kitoblarini o‘qisangiz, bir narsani kuzatasiz: agar ular ustiga qiyinchiliklar bostirib kelsa yoki biron kulfat yuz bersa, itoatkorlik ila namozga shoshardilar. Shunda iqtidor, iroda va himmatlari asl holiga qaytar edi.

Xavf-xatar chog‘ida va o‘lim xavfi kelganida, xavf namozini o‘qish lozim. Chunki eng katta xotirjamlik va eng yaxshi osudalikni qalb huzuri ila o‘qilgan namoz beradi.

Ruhiy va nafsiy kasalliklarga chalingan avlod o‘zini bu og‘ir azobdan saqlash uchun eng birinchi galda masjidning tuprog‘ini yalab, peshonalarini Rabbilari roziligi uchun chang qilmoqlari lozim. Aks holda, ko‘zyoshlari qovoqlarini achishtirib, xafalik asablarni parchalayveradi. Hech bir narsa ularga namozchalik tinchlik-xotirjamlik olib kelmaydi.

Agar fikr yuritsak, gunohlar uchun kafforat ham, Rabbimiz huzuridagi darajamiz yuksalishi sababchisi ham har kunlik besh vaqt namozimizdir. Shu ma’noda u eng buyuk ne’matdir. U yana g‘amlarimizning ulkan muolajasi, dardlarimizning davosidir. U qalblarimizni sof ishonch his-tuyg‘usi va barcha narsadan rozilik hislari bilan to‘ldiradi.
"O‘kinma" kitobidan

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Namozdan yordam oling