Kardiolog vrachga murojaat qilish uchun 10 ta sabab...

  • 21 yanvar 2019, 13:11
  • 3 233
  • Hayot tarzi
  • Kardiolog vrachga murojaat qilish uchun 10 ta sabab...
    Siz bilan bog‘liq quyidagi holatlarda kardiolog vrach ko‘rigidan o‘tib qo‘yishingiz salomatligingizni asrashingizda asqotadi:
    1. Jismoniy zo‘riqish yoki boshqa sabab tufayli yurak va ko‘krak qafasida og‘riq paydo bo‘lsa;
    2. Ortiqcha vazn;
    3. Tinch holatda arterial qon bosimi 130/80 mm dan ortiq bo‘lsa;
    4. Ozgina jismoniy harakatdan keyin ham nafas qisib qolsa (ayniqsa, tananing gorizontal holatida), holsizlikni his qilsangiz va ko‘p terlasangiz, boshingiz tez- tez aylanib tursa;
    5. Oyoqlar shishsa;
    6. Yurak urish maromi buzilsa (aritmiya);
    7. Tomir urishi tezlashsa (bir daqiqada 90tadan ortiq);
    8. Tomir urishi sekinlashsa, ya’ni bir daqiqada 60 tadan kam (braxikardiya);
    9. 35 yoshdan oshgan bo‘lsangiz va avvallari kardiologga murojaat qilmagan bo‘lsangiz;
    10. Qandli diabetda va ayrim sport turlari bilan shug‘ullanganda ham kardiolog nazoratidan o‘tib turish lozim.

    Eslab qoling, kardiologning nazoratida bo‘lish miokard infarkti va boshqa yurak qon-tomir kasalliklarida yuzaga keluvchi xavfni sezilarli darajada kamaytiradi.

    » » Kardiolog vrachga murojaat qilish uchun 10 ta sabab...