00:53 / 25.01.2019
8 486

Jannat sog‘inchi

Jannat sog‘inchi
Bog‘imizda gullar ochildi. Rasululloh sollalohu alayhi vassallam: “Mening nurimdan yaralgan!” deya ta’riflaganlari jannat gullarining ifori taraldi atrofga. Bulbullarning rashkini keltirgan gullarning husnidan taralgan muattar is ruhni ohista allalaydi. Hech qanday parvarish talab qilmaydigan, bahor boshlanganida go‘zalligi va ifori bilan nafosatini yoyishga shoshiladigan bu gullar borliqqa o‘zgacha nafas bag‘ishlaydi.

O‘tgan hafta dala hovliga kelganimizda oppoq nilufar gullari, manoliya daraxti iforidan bahramand bo‘ldik. Hali maktabdan ta’til berilmagani uchun dam olish kunlarini dala hovlimizda o‘tkazib, uyga qaytamiz. Bu yerda o‘tadigan kunlarimiz manoliya gullari qordek oppoq yaproqlarini to‘kib biz bilan vidolashadilar. Albatta bu yil uchun. Ammo xafa bo‘lmayman. Chunki ayvonimiz yaqinidagi jo‘ka daraxti g‘unchalarini bir-bir ochib, Jannatning qaysidir go‘shasidan kelgan muattar islarni tarata boshlaydi.

Bu go‘zalliklarga munosib bo‘lish uchun biror zahmat chekmayman. Chunki bog‘imizni sug‘orishga ham, biror nima ekishga ham vaqtim yo‘q. Bu go‘zal gulu giyohlarni qup-quruq tuproqdan undirgan Qudrat osmondan yog‘dirgan rahmati bilan sug‘orib, ehtiyoji uchun zarur minerallardan shu tuproq orqali bahramand etadi ularni. So‘ng: “Oling, bu Jannat iforlarini bandalarimga ulashing! – deydi gullarga. – Shunday bahramand etingki, gullari hech so‘limaydigan, bog‘lari xazon ko‘rmaydigan Mening boqiy dunyomga shavqlari, ishtiyoqlari ortsin! Va o‘zlarini qanday go‘zalliklar kutayotganini mulohaza qilsinlar!”.
Kubro BUYuK tarjimasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Jannat sog‘inchi