09:53 / 27.01.2019
5 571

Vaqt emas, biz tez o‘tmoqdamiz...

Vaqt emas, biz tez o‘tmoqdamiz...
Bir zamonlar bir so‘fi yo‘ldan o‘tayotgan otliqni to‘xtatib shunday debdi:

– Agar yo‘ling o‘sha tomonlarda bo‘lsa, meni falon shaharga eltasanmi?

Otliq rozi bo‘libdi va so‘fini otiga mingazib, yo‘lga tushibdi. Ancha yo‘l yurilgach, so‘fi biroz dam olishni taklif qilibdi. Otliq nega dam olish kerakligini tushunmabdi, ammo so‘fining aytganini qilibdi. So‘fi o‘tirib ko‘zlarini yumibdi. Biroz shu holatda so‘zsiz qolibdi va ko‘zlarini ochib, yo‘lda davom etishni aytibdi. Otga mingashib yo‘lga tushibdilar. Nihoyat so‘fi manziliga yetganda otliq qiziqishini yengolmay boyagi yerda nega tin olganini, ko‘zlarini yumib o‘tirganining sababini so‘rabdi.

So‘fi otliqning savoliga shunday javob beribdi:
– Shu qadar tez yurdikki, ruhimiz ortda qoldi. Men u yerda dam olib, ruhimni kutdim!

Rivoyatdagi hissa, bugungi holatimizni juda go‘zal anglatmayaptimi? Vaqt tez o‘tmayapti, biz juda tez ketyapmiz. Juda shoshilyapmiz. Hammamiz shoshqaloq bo‘lib ketganmiz. Shunchalik tez ketyapmizki, ruhimiz qayerda, qanday ahvoldaligining farqiga ham bormayapmiz...
Hoqon Manguch
Umida ADIZOVA tarjimasi

Manba: Azon.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Vaqt emas, biz tez o‘tmoqdamiz...