08:06 / 29.01.2019
7 823

Toʻyib uxlamaslik va tunda ishlashlik qanchalik zararli ekanligi aniqlandi

Toʻyib uxlamaslik va tunda ishlashlik qanchalik zararli ekanligi aniqlandi
Toʻyib uxlamaslik va tungi bedorlik DNK tuzilishining zararlanishini keltirib chiqaradi, deb maʼlum qilishdi Gonkong universiteti olimlari. Tadqiqot natijalari Anaesthesia jurnalida chop qilindi.
Tungi smenada ishlash DNKning oksidlanish zararini kuchaytiradi, oqibatda jiddiy surunkali kasalliklar xavfi oshadi.

Tadqiqot mualliflari oʻzlarida sinov oʻtkazishdi. Hamisha tungi soatlarda ishlagan shifokorlar ish tugashi bilanoq tahlil uchun qon topshirishgan.
Tunda ishlagan kishilar DNKsining zararlanish darajasi, kunduzi ishlab, tunda dam olgan xodimlarga qaraganda ancha yuqori boʻlgani qayd etilgan.

Avvalroq Bristol universiteti olimlari uyquga erta yotib, erta uygʻonuvchi ayollar, uyquga kech yotib, kech uygʻonuvchi ayollarga nisbatan 40-48 foizga kamroq koʻkrak bezi saratoniga duchor boʻlishdan yiroq boʻlishlarini aniqlashgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Toʻyib uxlamaslik va tunda ishlashlik qanchalik zararli ekanligi aniqlandi